Piyoda sayr qilish uchun eng go‘zal maskanlar

  • 23:34 / 10.09.2019
  • 367

Nazariy jihatdan qaraganda har qanday shaharda ham sayr qilish imkoniyati mavjud. Lekin ba’zi joylarda piyoda sayr qilish uchun chiroyli manzara va qulay sharoitlar yaratilgan. Xo‘sh, piyoda sayr qilishni xush ko‘ruvchilar qaysi shaharlarga borganlari ma’qul

Boston, AQSh

бостон

Boston AQShning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lishiga qaramay, o‘zida qadimiy arxitektura go‘zalliklarini saqlab qola olgan. Mazkur shaharga 1630-yili ingliz protestantlari asos solgan. 

USS Constitution

Agar siz Boston bo‘ylab sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, “USS Constitution” deb nomlangan qadimiy kemada shaharning shimoliy qismida sayr qilishni unutmag. Ulkan yelkanli bu kemani “Temir qariya” ham deyishadi. 1794-yili qurilgan bo‘lishiga qaramay unga hali hech qanday zarar yetmagan. U foydalanishga topshirilgan eng qadimiy suv transporti ham hisoblanadi. 

Singapur

сингапур

Janubi-sharqiy Osiyodagi eng mashhur orol-shahar bo‘lgan Singapur o‘zining zamonaviy shahar landshaftlari va madaniyatining o‘zgachaligi bilan ajralib turadi.

сады у залива

Singapurning haqiqiy go‘zalligini ko‘rish uchun Marina-Bey’ga borish kerak. Va albatta, u yerda joylashgan “Ko‘rfaz bo‘yi bog‘lari”ga kirishni unutmang. Mazkur ajoyib tropik bog‘ 2012-yilda ochilgan. 

Zalsburg, Avstriya

зальцбург

Zalsburg, birinchi navbatda, kompozitor Motsart dunyoga kelgan shahar ekanligi bilan mashhur. U yerdagi Mirabell saroyi va Zalsax daryosi bo‘yalarida sayr qilish kishiga o‘zgacha zavq beradi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, Mirabel saroyi 1606-yilda knyaz-arxiyepiskop (ruhoniy vazifalarini bajarishdan tashqari, ma’lum bir hududda dunyoviy hokimiyatga ega bo‘lgan shaxs) Volfom Ditrixomning suyuklisi bo‘lgan Salome Alt uchun qurilgan.

дом моцарта

Motsart ijodiga qiziquvchilar Makartplatsga borishlari mumkin.1773-yildan 1787-yilgacha Motsart "Dance Master's House" deb nomlangan joyda istiqomat qilgan. U yerga borish uchun Makartplatsdan chiqib janub tomon yo‘l olishingiz kerak. 1756-yil 27-yanvar kuni Motsart tug‘ilgan “Sariq uy” hozirda Avstriyadagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeylardan biriga aylangan.

Katmandu, Nepal

катманду дурбар

Nepal poytaxti o‘ziga xos hidlar, tovushlar va ranglarning o‘zaro uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Katmanduning betakror muhiti hech kimni befarq qoldirmaydi. Durbar maydonidan Asonning markazigacha bo‘lgan hudud shaharning eng chiroyli maskanidir. 2015-yilgi zilzila paytida ba'zi binolar shikastlangan bo‘lsa-da Durbar maydoni o‘z qiyofasini saqlab qolgan. U eski shaharning markazida joylashgan bo‘lib, Katmandu an’anaviy me’morchiligining ajoyib namunasi hisoblanadi.

катманду рынок

Xanuman Dokadagi binolar majmuasi Mull va Shah sulolalarining hukmdorlari yashagan qirol saroyi hisoblanadi. Turli xil narsalar sotiladigan mahalliy bozor – Indra Choukga ham borishni unutmang. Shuningdek, Ason Katmandudagi eng katta bozor bo‘lib, uning oltita gavjum ko‘chalari bor. Olomon o‘zgacha muhitdan zavqlanishingizga xalaqit bermasligi uchun u yerga ertalab borganingiz maqul. 

катманду горы

Bundan tashqari, mahalliy qahvaxonalarga borib Himolay tog‘ etagidagi vodiyda shaharning zamonaviy qiyofasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. 

Kartaxen, Kolumbiya

Картахена колумбия

Kolumbiya shimolidagi Karib dengizi qirg‘oqlarida jonli musiqa, mazali taomlar va yorqin ko‘chalarning manzaralaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Devor bilan o‘rab olingan Kartagena shahri bu joyning tarixini o‘rganish uchun eng ma’qul maskan hisoblanadi.

11 kilometr uzunlikdagi devorlar mintaqadagi muhim portni himoya qilish uchun Korsar hujumlari ko‘payganidan keyin ishga tushirilgan. Qurilish deyarli 200 yil davom etib, 1796-yilda to‘liq qurib bitkazilgan. Qadimiy markazning asosiy kirish joyi Plasa-de-la-Pas maydonida joylashgan.

Картахена

Xo‘sh, siz piyoda sayr qilish uchun O‘zbekistondagi qaysi joylarni eng go‘zal maskanlar deb hisoblaysiz?

Teglar