Pompeo Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi bo‘lishi mumkin

  • 18:50 / 12.09.2019
  • 35

AQSh prezidenti Donald Tramp hozirgi davlat kotibi Maykl Pompeoni milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Agar prezident Pompeoni yangi lavozimga tayinlasa, u bir vaqtning o‘zida ikkala lavozimni ham egallaydi.

Xabarga ko‘ra, “Tramp bu imkoniyatni boshqa ma’muriyat xodimlari bilan muhokama qilmoqda”. Ushbu imkoniyat qanchalik jiddiy ko‘rib chiqilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh siyosatida oxirgi marta ikkala lavozimni bir vaqtning o‘zida egallash holati bundan 50 yil oldin yuz bergan. O‘shanda Genri Kissenjer davlat kotibi va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Boltonni ishdan bo‘shatgani haqida xabar qilingan edi

Teglar