Porye Habibdan minnatdor. U endi Makgregorga qarshi revansh jangini o‘tkazadi

  • 17:35 / 08.10.2019
  • 718

Yengil vazn (70 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Porye keyingi raqibi kim boʻlishini maʼlum qildi.

Amerikalik 30 yoshli Poryening aytishicha, u ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga qarshi oktagonga koʻtariladi. Dastin bu haqida oʻzining Instagram sahifasida xabar bergan. 

Taʼkidlash joiz, bu ikki UFC jangchilari 2014-yilning sentabr oyida oʻzaro toʻqnash kelishgan va oʻshanda Makgregor Poryeni texnik nokaut evaziga magʻlub etgan edi.

Shuningdek, U Habib bilan bo‘lgan jangidan so‘ng o‘z kechinmalarini shunday yozib qoldirgandi:  “Hech narsa sababsiz sodir bo‘lmaydi. Bu mening noyob sayohatimdir. Habibga yana bir qiyin hayot darsi uchun rahmat. Menda hech qanday uzr va afsuslanish yo‘q. Mag‘lubiyat yanada kuchli bo‘lish uchun harakat qilishimga turtki bo‘ldi.”

Teglar