Poyezddagi sayohat vaqtida, albatta, olish kerak bo‘lgan narsalar

  • 22:34 / 03.12.2019
  • 436

Gohida poyezddagi sayohat 1 kunga, gohida esa 1 haftaga cho‘zilishi mumkin. Har nima bo‘lganda ham poyezd eng qulay va eng ma’qul transport vositasidir. Rambler nashri poyezdga yo‘lovchi o‘zi bilan nimalarni olib chiqishi kerakligi haqida maslahat bergan. E’tibor bering!  

Antiseptik gel va ho‘l salfetkalar

Aslida yo‘lga chiqishdan oldin poyezdning har bir bo‘lmasi yaxshilab yuvilishi, dezinfeksiyalanishi lozim. Biroq hamma vaqt shunday bo‘ladi, deb hech kim kafolat berolmaydi. Poyezdga esa har xil odamlar chiqadi. Sizdan oldin o‘tirgan joyingizdan kim foydalanganligini bilmaysiz, to‘g‘rimi? Antiseptik gel va ho‘l salfetkalar bu borada juda ham asqotadi.  

Oziq-ovqat uchun konteyner  

Konteynerlar foydalanish uchun juda qulay va gigiyenik hisoblanadi. Agar o‘zingiz bilan yaxna taom olgan bo‘lsangiz, uni isitish shart emas. Bundan tashqari, yuqori o‘rindiqlardan joy olgan va pastga tushishni istamaydiganlar uchun konteynerlar juda qo‘l keladi. 
 
Belga bog‘lanuvchi sumka

O‘zbeklarda ajoyib bir maqol bor: O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma! Xuddi shu nuqtai nazardan qaraganda, qimmatbaho narsalarni, pullarni unda saqlasangiz, ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi. Narsalaringiz, qayerga borsangiz ham yoningizda bo‘ladi.  
 
Devorga ilib qo‘yiluvchi pardoz qutisi

Sayohatga chiqqan har qanday odamning yonida, albatta, tish cho‘tkasi va pasta  bo‘ladi. Undan foydalanish jarayonida esa devorga ilib qo‘yiluvchi pardoz qutisidan ham yaxshiroq yordamchi topilmaydi.

Teglar