Poytaxtning ayrim tumanlarida 12 soatga sovuq suv ta’minoti o‘chiriladi

  • 22:40 / 02.12.2019
  • 620

Yashnobod tumanida yer usti metro yo‘nalishi qurilayotgani sababli TKAXYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan orqaliqdagi suv tarmog‘i quvurlari ko‘chirildi. Shu sababli TKAXY, Farg‘ona yo‘li va Stroitelnaya ko‘chalari bo‘ylab suv tarmog‘ini qayta ulash zaruriyati paydo bo‘lgan. 

Ushbu ishlarni amalga oshirish vaqtida Toshkent shahridagi bir necha tumanlarda 2019-yilning 3-dekabr soat 00:00dan 4-dekabr 12:00gacha sovuq suv ta’minoti o‘chirilishi va suv bosimi pasayishi kuzatiladi.

Suv o‘chiriladi

Mirobod tumanida
1. Qo‘yliq ko‘chasidagi 85 ta xonadon
2. Munis ko‘chasidagi 28 ta xonadon
3. Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 200 dan ortiq xonadon

Yashnobod tumanida:
1. “Katta Qo‘yliq” mahallasi 
- 7 ta 9 qavatli turar joylar: №1, 2, 2a, 3, 4, 9,101;
- 5 ta 12 qavatli turar joylar: № 5a, 5 v, 10 a, 10 b, 10 v;
- 3 ta 4 qavatli turar joylar: № 6, 7, 8;
- 371-MTT;
- Pedagogika litseyi;
- To‘yona ko‘chasidagi 120 xonadon;
- AYoQSh;
 - Sellofan ishlab chiqarish sexi;
- Qurilish mollari do‘koni;
- “Vodiy” kafesi;
- New World Med ofisi;
 
Bektemir tumanida:
- Qo‘yliq qurilish mollari bozori;
- Qo‘yliq buyum bozori;
- Qo‘yliq dehqon bozori;
- Qo‘yliq ulgurji bozori;
- “Nurafshon” mahallasidagi Somonbozor 1, 2, 3-tor ko‘chalari; 
- Porloq 1-, 2- tor ko‘chalari;
- Porloq ko‘chasidagi AYoQSh;
- “Arktika-botlers” zavodi;
- “Kompas” savdo-ko‘ngilochar markazi;
- FAMILY va RC kola zavodi;
- 39-viloyat shifoxonasi;
- Porloq ko‘chasidagi 2 qavatli turar joylar №1, 2, 3;
- Porloq ko‘chasidagi qozonxona


Suv bosimining pasayishi

Sergeli tumani:
- “Do‘stlik” mahallasi, “Do‘stlik-2” dahasi;
- “Do‘stlik” mahallasi, “Do‘stlik-1” dahasi;
- Sputnik dahasi;
- Al Farg‘oniy mahallasi, Sputnik-4 dahasi;
- “Yorqin hayot” mahallasi, Sputnik-16, 17, 18 dahalari;
- “Temiryo‘lchi” mahallasi G-40 dahasi;
- “O‘zgarish” mahallasi, Sergeli-5 dahasi;
- “Habibiy” mahallasi Sergeli-5 dahasi; 
- Sh.Burxonov mahallasi, Sergeli-6 dahasi;
- “Tinchlik” mahallasi Sergeli-8a dahasi;
- “Guliston” mahallasi Sergeli – 7 dahasi;
- Bobur mahallasi, Sergeli-7 dahasi;
- “Ittifoq” mahallasi, Sergeli-2 dahasi;
- Nilufar mahallasi, Sergeli-2 dahasi;
- “Navro‘z” mahallasi, Sergeli-1 dahasi;
- “Xumo” mahallasi, Sergeli-3a, 5a, 6a, 7a, 11a dahalari;
- “Xonobod” mahallasi, Stroitel dahasi;
- “Madaniyat” mahallasi, Qo‘yliq-5 dahasi;
- “Xalqobod” mahallasi, Qo‘yliq-5 dahasi;
- Qo‘yliq-6,7 dahalari;
- “Bahor” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar;
- Choshtepa ko‘chasidagi 3 ta 2 qavatli turar joylar, 731 ta xonadon; 
- “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasidagi xonadonlar;
- “Qumariq” mahallasidagi xonadonlar;
- “Nog‘ayqo‘rg‘on” mahallasidagi xonadonlar;
- 8-Issiqlik markazi.