Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi 

  • 10:14 / 28.12.2019
  • 313

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-dekabr kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.  

“Shu kunlarda hamma joyda bayram kayfiyati hukmron. Yurtimizda yangi inshootlar, maktablar, korxonalar ishga tushirilayotgani bu shukuhni yanada oshirmoqda. 

Navoiy viloyatida ham ulkan sanoat komplekslari qurib bitkazilgan. Davlatimiz rahbari ulardan birining ochilish marosimida ishtirok etadi, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishadi”, deyiladi xabarda.