Prezident Toshkentga qaytib keldi

  • 16:47 / 28.12.2019
  • 172

Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-dekabr kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.  

Shuningdek, tashrif davomida davlat rahbari “Navoiyazot” AJdagi ikkita – ammiak va karbamid hamda azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishini ham ko‘zdan kechirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Navoiyazot” AJni modernizatsiya qilish, quvvatini kengaytirish maqsadida uchta yirik investitsion loyiha rejalashtirilgan edi. 

Shu kunning o‘zida Prezident Toshkentga qaytib keldi.