Prezident tibbiyot xodimlarini tabrikladi

  • 17:09 / 09.11.2019
  • 62

Соғлиқни сақлаш вазирлиги ахборот хизмати

“Turkiston” saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Bu yil ilk bor bayram munosabati bilan Prezident farmoni asosida sohaning bir guruh fidoyi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda ana shu mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva topshirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni paytda 1793 ambulatoriya-poliklinika muassasasi, jumladan, 817 qishloq vrachlik punkti, 798 qishloq oilaviy poliklinikasi, 178 shahar oilaviy poliklinikasi xizmat ko‘rsatmoqda.