Propiska o‘zi nega kerak? IIV bunga izoh berdi

  • 20:32 / 07.11.2019
  • 1169

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda mamlakatda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tartibi, bu boradagi yangilik va o‘zgarishlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. 

Anjumanda, xorijga chiqish pasportini doimiy propiskadan qat’i nazar respublikaning boshqa hududlaridan ham olish mumkin, ammo biometrik pasport faqat doimiy yashash joyidan olinadi. Nega biriga mumkin-u, ikkinchisiga ta’qiq qo‘yilgan deb so‘raldi IIV mutasaddilaridan.

“Sababi biometrik pasportga doimiy propiskani ko‘rsatuvchi muhr uriladi. Shu bois, ushbu pasportni faqatgina doimiy propiska joyidan olish mumkin. Xorijga chiqish pasportiga esa hech qanday muhr urilmaydi” deydi IIV migratsiya bosh boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Tursunov.

Shuningdek, jurnalistlar tomonidan, doimiy prospiska o‘zi nimaga kerak degan savol berildi. 

“Bu savol bizga juda ko‘p bor beriladi, doimiy propiska o‘zi dunyoda 2  yo 3 ta davlatlarda saqlanib qolgan. Biz Rossiya va Belarus davlatlarining tajriba tizimini o‘rganganimizda ularda registratsiya qilinadi, ya’ni fuqaro ikkita joyda ham ro‘yxatda turishi mumkin. Bizdagiga o‘xshab birinchisidan chiqib so‘ng boshqa joyga propiskaga kirish kabi murakkab emas. Ammo unda ham uy egasining ruxsati kerak bo‘ladi. Bizda ham hozir shunday soddalashtirish tizimi ko‘rib chiqilmoqda. Yaqinda 2021-yil ID card tizimiga o‘tamiz. Shundan so‘ng propiska tizimi ham yana ko‘rib chiqiladi va iloji boricha soddalashtiriladi. Umuman olganda, 2 yo 3 yildan so‘ng propiska butunlay muammosiz mavzuga aylanishiga biz va’da beramiz. Masalan, 2 yil oldin stiker ham muammoli tizim edi, u ham bekor qilindi va xorijga chiqish pasporti joriy qilinib fuqarolarimizga ancha yengillik yaratildi, deya izoh berdi IIV xodimi.

Xabardor.uz