Psixiatr Viktor Frankldan qiyinchiliklarga qarshi kurashish uchun 6 ta dars 

  • 19:04 / 03.12.2019
  • 864

Ikkinchi Jahon urushi davrida psixiatr Viktor Frankl Aushvits, Daxau va boshqa bir necha konsentratsion lagerlarga tushadi. Bu tajriba unga yangi hayotiy falsafani shakllantirishga yordam berdi. “Hayot ma’nosini qidirayotgan inson” asarida ushbu falsafa yoritilgan. Quyida Viktor Franklning asosiy g‘oyalari bilan tanishamiz:

1. Tanlov ahamiyati

O‘z muammolarini hal qila oladigan va hayotiy qiyinchiliklarni bosib o‘ta oladigan kishilar tushgan sharoiti qanday bo‘lmasin, o‘z yo‘llarini tanlay oladilar. 

2. Har qanday sharoitda hayot mazmunga ega 

Qayg‘u ma’nosiz azoblar mahsulidir. Odamlar azoblarida hech qanday ma’no ko‘rmasa, qayg‘uga tushadilar. Biroq yuz bergan muammolarda ma’no topa olsalar, shaxsiy fojia yutuqqa aylanadi. 

3. Sizning kundalik yumushlaringiz eng yaxshi versiyangizni yaratishi mumkin. A’lo versiyangizga aylanish uchun har kuni kimligingizni va nima uchun yashayotganingizni so‘rashingiz kerak. 

4. Kim uchun va nima uchun yashayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring

Har kuni harakatdan to‘xtamaslik uchun hammaning o‘z sababi bor. Bu sabab ruhlantiradi, mavjudligimizning har bir daqiqasiga, har bir qadam va har bir harakatimizga mazmun bag‘ishlaydi. Agar vaziyatni o‘zgartirish imkonimiz bo‘lmasa, unga nisbatan munosabatimizni o‘zgartirish imkoni bor. 

5. Qiyinchilik va azoblar haqiqiydir

Erta yo kech, hayotimizda qandaydir yomon hodisa yuz beradi va bunga ko‘nish kerak. Qiyinchiliklarning mavjudligi haqida unutmasligimiz, biror ahamiyatli narsa uchun ularga qarshi kurashmog‘imiz lozim. 

6. Bizning o‘rnimizni hech kim bosolmaydi

Mustaqilligimizni anglar ekanmiz, hayotimiz uchun javobgarlik hissi yana-da kuchayadi. Undan nimadir kutishlarini yoki qandaydir tugallanmagan ishi borligini anglagan inson javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi va uni hayotining mazmuniga aylantiradi. 

Insonning vazifasi abadiy lazzat olish va og‘riqdan qochish emas, hayotining mazmunini topishdir. Hatto, azoblarning ham ma’nosi bo‘lishi kerak. Hech kim o‘rningizni bosolmaydi va siz uchun azoblanolmaydi. Shu tufayli, og‘riqdan xalos bo‘lishning yagona yo‘li – unga munosabatingizni o‘zgartirishdir. Hamma narsaning sababi bor, faqat ba’zida buni unutib qo‘yamiz.