Pulga allergiya haqida eshitganmisiz? Allergiyaning 5 ta g‘alati turi bilan tanishing

  • 19:19 / 07.10.2019
  • 879

Allergiya – sayyoramizda keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Odatda u turli mahsulotlar va dori vositalari tarkibidagi kimyoviy moddalar ta’sirida vujudga keladi. Ammo suvga yoki pulga allergiya haqida eshitganmisiz? Keling, eng noodatiy allergiya turlari haqida gaplashamiz

Tangalar va banknotalar

Вещества, содержащихся в них, могут вызывать острые аллергические реакции

Pulga allergiya – juda yoqimsiz kasallik. Uni ushlaganda toshmalar, qichishish va dermatitning boshqa simptomlari namoyon bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab tangalar oksidlanadi va undan allergen-metallardan biri – nikel ajralib chiqadi. 
Qog‘oz pullarga kelsak, ularni tayyorlashda turli siyohlardan foydalaniladi va ba’zilari odamda allergik reaksiya chaqirishi mumkin. 

Vaqt o‘tishi bilan siyoh banknotadan chiqib, aerozolga aylanadi. Agar odam bankda ishlasa va katta miqdordagi pullar bilan muomalada bo‘lsa, siyoh changi burun yoki o‘pkaga tushib, allergik rinit va astmaga olib kelishi mumkin. 

Simsiz tarmoqlar

Грин Бэнк, город в Западной Вирджинии, США. Здесь не ловит мобильная связь, нет Wi-Fi. Всё для тех, кто страдает от электромагнитной сверхчувствительности

AQSh olimlari tomonidan nisbatan yangi kasallik – “Wi-Fi’ga nisbatan allergiya” yoki “Elektromagnitga nisbatan o‘ta sezgirlik” qayd etildi. Uning asosiy simptomlari odatiy: bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riqlar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi.
Shifokorlarning qayd etishicha, ushbu simptomga ega odamlar borgan sari ularga ko‘p murojaat qilmoqda – bu odamlar ancha vaqt simsiz tarmoqli joylarda bo‘lishgan. Bunday kasallik bilan kurashishning yagona yo‘li – ko‘chish. Masalan, AQSh hududida joylashgan Grin Benk shaharchasida simsiz tarmoqlar taqiqlangan. Va bu shaharga simsiz tarmoqqa allergiyadan aziyat chekadigan yuzlab odamlar ko‘chib kelishga ulgurdi. Shifokorlarga “Wi-Fi’ga allergiya” shikoyati bilam nafaqat amerikaliklar, balki boshqa mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya va Shvetsiya fuqarolari ham murojaat qilishyapti. 

Suv 

Аквагенная крапивница — одно из худших заболеваний. Буквально аллергия на воду

Ushbu suyuqlik bilan ozgina aloqadan ham ba’zi odamlarda allergiya paydo bo‘ladi. Ichimlik suviga odatda uni zararsizlantirish uchun kimyoviy moddalar qo‘shiladi, aynan ular odamda allergiya keltirib chaqirishi mumkin. 

Shuningdek, suv quvurlarida ko‘p miqdorda bakteriyalar to‘planishi, bu esa inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, ichimlik suvini iste’mol qilishdan oldin tozalash va qaynatish zarur. Ammo suvga nisbatan haqiqiy allergiya ham bor – akvagen urtikariya! Unga chalingan odamlarga yig‘lash va terlash mumkin emas. Ular juda kam va zo‘rg‘a yuvinishadi. Suv o‘rniga sut ichishi, aksariyat taomlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 

Jismoniy mashqlar

При тренировках может выделяться гистамин, вызывающий аллергические реакции

Turli moddalarga nisbatan allergiyani tushunish mumkin, ammo ba’zi odamlarda jismoniy mashqlarga nisbatan ham allergiya uchraydi. U quyidagicha paydo bo‘ladi: sport bilan shug‘ullangach, odam nafas olishga qiynalishi, terida shish va qichishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiya odam organizmining erkin gistamin – organizmdagi barcha allergik reaksiyalarga “javob beruvchi” modda ajratishi tufayli yuz berishi mumkin. 

Sovuq

Sovuqqa allergiya – rasman allergiya emas, chidamsizlikdir. U boshqa yo‘llar bilan paydo bo‘ladi va davolash juda qiyin kechadi. Asosan, ushbu kasallik ozgina sovuqdan ham toshma va labdagi qichishishlar bilan namoyon bo‘ladi. Bu aholining bir foizdan kamrog‘ida uchraydi. 

Kasallikdan davolanishga allergiyaga qarshi preparatlar yordam beradi. Ammo asosiy davo chorasi – issiqda bo‘lish va sovuqda ko‘chaga chiqmaslik!

Teglar