Pulingizni tejay olmayapsizmi? Unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring (tejamkorlik borasidagi tavsiyalar) 

  • 19:14 / 09.10.2019
  • 1355

Tejash qobiliyati deyarli hamma uchun: boylar va kambag‘allarga ham birdek muhimdir. Tejash va xazina butunlay boshqa-boshqa tushunchalardir. Qizg‘anchiq bo‘lib baxtsiz yashash ham ahmoqlik. Tejash esa maqsadga muvofiqdir.

Diqqat qiling! Tejamkorlik xuddi gigiyena yoki tartib borasidagi shaxsiy qobiliyatga o‘xshaydi. Tejamkorlik nafaqat pul tejashga, balki o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi

1. Pulga bo‘lgan munosabat

Как правильно экономить деньги: 10 полезных советов для всех

Ko‘p narsa bizning nuqtai nazarimizga bog‘liq. Agar sizda pulni yomonlik yoki axloqsizlik manbayi deb, boy bo‘lish kerak emas degan ichki fikr mavjud bo‘lsa, qancha maslahat tinglasangiz ham ularga rioya qilishingiz qiyin bo‘ladi. Ba’zida amal qilsangiz ham ular sizga foyda keltirmaydi. 

Har bir tavsiya to‘g‘ri ishlashi uchun avval o‘zingiz pulni qanday tejashni va tejash sizga nima uchun kerakligini tushunib oling. 

Maqsadga erishish uchun pulga bo‘lgan munosabatni to‘g‘ri shakllantirish lozim. 

2. Piggy banklaridan foydalaning (kapilka)

Картинки по запросу Используйте копилки

Oddiy, ammo samarali usul. Bir nechta kichik pul yig‘iladigan idishlardan (uni uyda yasasangiz ham bo‘ladi. Buning uchun oddiy ichi bo‘sh bankani olib, uni xuddi qishga yopiladigan bankalardek qopqoq bilan yopasiz, atrofini esa turli mato, taqinchoqlar bilan ichi ko‘rinmaydigan qilib bezaysiz) oling va  unga turli xil qiymatdagi pullardan solib turing. Biroq uni kamida 5 yilsiz ochmang.

3. Sadaqa

Как правильно экономить деньги: 10 полезных советов для всех

G‘alati, ammo sadaqa pulni tejashga o‘rgatadi. Sadaqa bergan odam ixtiyoriy ravishda pul tejashni, uni bo‘lar-bo‘lmas narsalarga sarflayvermaslikni o‘rganadi.

Maslahatimiz pulingizni qandaydir xayriya fondlariga tashlamang. Yaxshisi, o‘zingiz bilgan qo‘shningiz yoki tanishingizga bering. Yoki bo‘lmasa, mehribonlik uyi va qariyalar uyiga xayriya qiling. 

4. O‘zingizdan so‘rang

Muntazam ravishda o‘zingizdan u yoki bu narsani sotib olish fikri qayerdan kelganligini so‘rang. Reklama sabab yoki moda tufayli shu narsani olmoqchimisiz? Siz faqat o‘zingizga nima kerakligini tushunib oling. Marketologlar tavsiya qiladigan keraksiz tovarlarga uchmang. 

5. Zaxira yig‘ish

Zaxira yig‘ish qobiliyati tejamkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

• Uzoq saqlanib turadigan mahsulotlarni ulgurji sotib oling;
• kvartira, internet, telefon uchun oldindan to‘lang;
• keyinroq foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlarini sotib oling;
• Biron narsa bepul berilayotgan bo‘lsa ularni oling, faqat bu narsa foyda keltirishiga ko‘zingiz yetsa. 

E’tibor bering. Hamma tekin tarqatilgan narsalar bilan uyingizni to‘ldirishingiz shart emas. Ehtimol, kimningdir kerak bo‘lmay qolgan mebelidan siz yangi zamonaviy mebel yaratishingiz mumkindir. Bu pulni anacha-munchaga tejaydi. 

6. Ortiqcha pul to‘lamang

Bu hamma narsada o‘zini namoyon qiladi, shunchaki ushbu konsepsiyaga rioya qilish kerak. Hech qachon tovar va xizmatlar uchun ortiqcha pul to‘lamang.

7. Keraksizlarni rad etish

Как правильно экономить деньги: 10 полезных советов для всех

Albatta, fitnessga borish hozir moda, ammo uyda yoki ochiq havoda ham mashq qilish uchun barcha sharoit mavjud. Shunga o‘xshash yana ko‘plab narsalarni muqobiliga almashtirish mumkin.  

8. Zararli odatlar

Spirtli ichimliklarni meditatsiya (ruhiyatga ta’sir qiluvchi mashqlar) bilan almashtiring, agar bilsangiz, ular ham yaxshi ta’sir qiladi.

9. O‘zingiz qiling

Qo‘lingizdan keladigan narsalarni o‘zingiz yasashga harakat qiling. Shuningdek, o‘zingiz bajara oladigan xizmat turlarini ham o‘zingiz qilsangiz ancha-muncha pulni tejab qolasiz. 

10. Barterdan foydalaning

Как правильно экономить деньги: 10 полезных советов для всех

Narsa almashish yo‘llarini izlang. Sizga keraksiz bo‘lgan buyum boshqalarga kerak bo‘lishi mumkin. Undagi narsa esa, ehtimol sizga kerakdir. Bu orqali siz nafaqat pul tejaysiz balki yangi tanishlar ham orttirasiz. 

11. Modaga ergashmang. Modaga uchganlar aksariyat hollarda umuman keraksiz bo‘lgan narsalarni sotib olishadi.

Ehtimol, millionlab odamlar iPhone’siz yashay olar, ammo bir ofis xizmatchisi ikki oylik maoshiga bitta smartfonni sotib olishni o‘z burchi deb biladi. Yoki kreditga yangi chiqqan iPhone olib, o‘zi qotgan non yeb yuradi. Bu kimga kerak ekan-a?

Teglar