Pulni kamroq sarflashga yordam beradigan psixologik maslahatlar

  • 21:22 / 18.10.2019
  • 794

Miyangizni “sarflash rejimi”dan “tejash rejimi”ga qanday o‘tkazish kerak? Bunda sizga psixologik maslahatlarimiz yordam beradi

1. Motivatsiya

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar kishida biron bir ishni qilish uchun motivatsiya bo‘lmasa, unda u bu ishni qilmaydi. Ich-ichingizdan o‘zgarishni istamasangiz sizga na maqola va na  yaqinlaringiz yordam bera oladi. Agar siz haqiqatan biror narsani o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, avvalo, o‘zingizga  “nima uchun”, degan savol bering. Bu sizga ich-ichingizdan nimani istayotganingizni aniqlab olishga yordam beradi.
 
Ijobiy motivatsiya

Bolalar uchun qo‘llaniladigan juda mashhur “hozir bitta konfet yeysanmi, yoki biroz keyinroq ikkita konfet yeysanmi” shirinlik eksprimentini o‘zingizda sinab ko‘ring. Faqat siz shirinliklar o‘rniga sayohat qilish, yangi uy qurish yoki ta’mirlatish kabi sizni xursand qiladigan katta sarmoyali ishlarni qo‘ying. Ana shunda kichik xarajatlardan tiyilib katta xarajatlar uchun pulingizni yig‘a boshlaysiz. 

Salbiy motivatsiya

Bu ijobiy holatdan yomonroq, chunki u stress darajasini oshirishi mumkin. Ammo uning ham foydasi bor. Agar pul sarflashni shu tarzda davom ettirsangiz keyinchalik nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ring. Olaylik, 10 yil, 20 yildan keyin, nafaqaga chiqqaningizda. Agar sog‘lig‘ingizga zarar yetib boshqa bunday pul topa olmay qolsangiz, nima bo‘ladi?

2. O‘zingizni hamisha band qilishga harakat qiling

Anglab yetishingiz kerak bo‘lgan birinchi narsa shundaki, katta xaridlar ko‘pincha zerikkan paytingizda, xafa bo‘lganingizda, baxtsizlikni his qilganingizda sodir bo‘ladi. O‘zingizni biron bir narsa bilan band qilish, tushkunlikka ham shoppinga ham da’vo bo‘lishi mumkin. O‘zingizni chalg‘itadigan, maxsus investitsiyalarni talab qilmaydigan yangi sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish ajoyib usul. Masalan, rasm chizish, modellashtirish, to‘qish, kashta tikish yoki sizga zavq bag‘ishlaydigan har qanday ko‘rinishdagi ishlarni qilishingiz mumkin. Ish bilan band bo‘lganingizda, baxtli bo‘lish va zerikish ehtimoli kamroq bo‘ladi. Bu sizni pul sarflash istagidan chalg‘itadi. Bugungi kunda, qiziqarli mashg‘ulotlarning ko‘plab turlari mavjud. Hattoki odamlar xobbisi bilan shug‘ullanib yaxshigina daromad olishadi. Quyidagi link orqali siz xobbini qanday qilib kasbga aylantirish sirlarini bilib olishingiz mumkin

3. Yana qanday qilib xursandchilik qilish mumkin?

Картинки по запросу Хорошие книги, спорт

Ko‘pchilik faqat pul sarflabgina (restoranga kirish, qimmat attraksionli bog‘larga borish) xursandchilik qilish mumkin, deb o‘ylaydi. Pulingizni haqiqatdan ham tejamoqchi bo‘lsangiz yaxshisi, tashqariga chiqmaganingiz ma’qul. Undan ko‘ra, uyda kitob o‘qing, kino ko‘ring yoki sport bilan shug‘ullaning. Yana chiroyli manzarali bog‘larda sayr qiling. Bunday mashg‘ulotlar kayfiyatingizni ko‘tarish bilan birga cho‘ntagingizga zarar yetkazmaydi. 

4. Pulni hisoblang

Odatda muammo katta xarajatlar uchun qancha pul sarflanayotganligini bilmaslikdan kelib chiqadi. Bunday odamlar “Men yaxshi pul topaman-ku, ammo negadir darrov pulim tugab qoladi”, deb hayratlanib qo‘yishadi. Oyiga qancha pul ishlatayotganingizni hisoblab chiqsangiz mayda-chuyda narsalarga qancha pulingiz ketayotganligidan o‘zingiz hayron qolasiz. Ana undan so‘ng, katta xaridlar oldidan o‘tgan oy qancha pul sarflaganingizni eslaysiz-u yana xarajat qilish haqida obdan o‘ylab chiqasiz. 

5. Doim naqd pul to‘lang

Похожее изображение

Amerikalik psixologlar miyadagi “sarflash rejimi”ni o‘chirish uchun xaridlarni naqd pulda amalga oshirishni tavsiya qilishadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, plastik kartadan pul to‘langanda miya sarf-harajat bo‘layotganini to‘liq his qilmas ekan. Mana shuning uchun ham plastik karta ishlatadigan odamlar naqd pul ishlatadiganlardan ko‘ra ko‘proq pul sarflashadi. 

Unutmang! Yuqorida aytganimizdek, bu maslahatlarning foydasi tegishi uchun siz o‘zingizni o‘zgartirishni ich-ichingizdan xohlashingiz kerak.

Teglar