Putin o‘zining oylik maoshini 4,3 foizga oshirdi

  • 00:20 / 08.10.2019
  • 1379

Картинки по запросу Путин поднял зарплату на 4,3 процента

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining oylik maoshi hamda mamlakat bosh vaziriga beriladigan mukofot puli miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, prezidentning oylik maoshi 2019-yil 1-oktyabrdan 4,3 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, Rossiyadagi qator idoralar rahbarlarining maoshlari miqdori oshirilgan.  

Ro‘yxatga shuningdek, Tashqi razvedka xizmati va Davlat feldʼegerlik xizmati ham kiritilgan.

Malumki, 2015-yilda Putin byudjet taqchilligi bois davlat yuqori xizmatchilarining maoshlarini 10 foizgacha qisqartirishni buyurgandi. 2019-yil may oyida esa ularning maoshi avvalgi darajaga qaytarilgan.

Teglar