Putin va Lukashenko o‘zaro uchrashuvda nimalar haqida gaplashishdi?

  • 16:30 / 14.02.2020
  • 3323

Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin go‘yo belaruslik hamkasbiga Rossiya va Belarusni birlashtirib, super kuch yaratishni taklif qilgan. Lukashenko esa bu taklifga butkul qarshi chiqqan.
Fevral oyida Rossiya va Belarus liderlari integratsiya masalasini ko‘rib chiqib, Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida neft va gaz borasida hamkorlik bitimini tuzishga uringan. 
Lukashenko ushbu uchrashuvni haqiqat bulog‘ining ochilishi deb atadi. Kremlda prezidentlar uchrashuvidan so‘ng Rossiya va Belarus o‘zaro kelishuvga erishmagan.
Moskva va Minsk Rossiya neftini Belarus zavodlarida qayta ishlash borasida ham kelisha olmadi. Shu sababli Belarus prezidenti boshqa muqobil variantlarni qidirishga kirishdi. Yana Lukashenko Rossiyani o‘z neftini Belarusga jahon bozoridagidan ancha qimmat narxda sotishga uringanlikda aybladi.