Qadimda dushmandan himoya qilgan qal’alar endilikda muzey vazifasini o‘tamoqda

  • 18:25 / 12.09.2019
  • 268

Qadimda Irland qal’alari dushmandan himoyalanish uchun ajoyib qalqon vazifasini o‘tagan. Endilikda mazkur hashamatlar sayyohlar va yosh oilalarning sevimli maskaniga aylanib bormoqda

 Irlandiya janubidagi Lismore qal’asi

Blackwater vodiysiga qaraydigan go‘zal joyda joylashgan Voterford grafligidagi Lismore qal’asi qiziquvchan mehmonlarni o‘ziga jalb qilishi aniq. Biroq ichkariga kirish biroz qiyinroq. Chunki qal’aga shunchaki sayohat qilish uchun kirib bo‘lmaydi. 
Ammo bu yerda yuqori darajada xizmat ko‘rsatadigan to‘y marosimlari yoki xususiy ziyofatlarni o‘tkazish mumkin. Bu yerdagi tadbirlarga sizni taklif etishsagina mazza qilib qal’a devorlari yaqinidagi bog‘larni aylanishingiz, go‘zal galereyani tomosha qilishingiz mumkin. 

Qal’aning ichki ko‘rinishi qanday

Осенний пейзаж с видом на ирландскую крепость

Blackwater vodiysining ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lishda qal’adagi alohida dizaynga ega bo‘lgan 15 ta yotoqxona va 14 ta vannaxona sizga xizmat qiladi. 

Спальни замка

Oila a’zolar va do‘stlaringiz bilan tushdan keyin choy ichiladigan zalda to‘planishingiz mumkin.

Гостинная комната

Bunday go‘zal Pugin Hollida ziyofatlar o‘tkazish, albatta yoqimli bo‘lsa kerak. 

Pugin Hall

Замок Лисмор в графстве Уотерфорд

Lismore qal’asi bog‘lari

Lismore qal’asining ajoyib bog‘lari qariyb uch gektar maydonda joylashgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar turli xil o‘simliklar va daraxtlar tarovatidan bahramand bo‘lishadi.
Tarixiy bog‘lar XVII asrning tashqi mudofaa devorlari orasida joylashgan. Bu yerda siz haykallar to‘plami, Lismore qal’asi galereyasi va qal’aning o‘ziga xos manzaralarini ko‘rishingiz mumkin.

Прекрасные Сады замка Лисмор рядом с ирландским замком

Qal’a bog‘lariga kirish pullik. Kattalarga 8 yevrodan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa kirish bepul.
1605-1626-yillarda qurilgan bog‘ o‘sha davr bog‘ san’atini o‘zida aks ettirgan. 

Хорошо ухоженная алея и цветы на територии сада

Bog‘ hududiga 1999-yilda zamonaviy badiiy haykallar joylashtirilgan. 2005-yilda tashkil etilgan zamonaviy san’at galereyasi esa qasrga tashrif buyuruvchilarning ma’naviy hordiq chiqarishlariga xizmat qiladi. 

Аккуратно постриженные кусты с видом на ирландский замок

Наступление темноты у стен замка Лисмор