Qandli diabeti borlar uchun: endi qondagi qandni ko‘zoynak orqali ham aniqlash mumkin

  • 16:53 / 02.12.2019
  • 490

Braziliyalik mutaxassislar amerikalik olimlar bilan birgalikda ko‘z yoshlari orqali qondagi qand miqdorini o‘lchaydigan, ko‘zoynaklar uchun mo‘ljallangan biosensor ishlab chiqardi. Ushbu qurilma butun dunyodagi 380 million qandli diabeti bor insonlarning qand miqdorini nazoratda saqlashga yordam beradi

Картинки по запросу Очки, оборудованные биосенсорами, помогут определить диабет

Qand kasallari ko‘payishi mumkin

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yillikda qandli diabet bilan kasallanish darajasining ortishi kuzatilmoqda. Bunday o‘sish holati o‘rtacha va past daromadli mamlakatlarda kuzatilayotgan ekan. Taxminlarga ko‘ra, 2035-yillarga kelib yer yuzida 580 million kishi ushbu “shirin” kasallik bilan og‘rishi mumkin.

Qurilma qanday ishlaydi?

Qandli diabeti borlar qondagi qand miqdorini o‘lchash uchun barmoqni teshish orqali o‘lchovchi glyukozometr qurilmasidan foydalanadi. Buni amalga oshirish uchun barmoqni bir necha marta teshishga to‘g‘ri keladi va infeksiya yuqtirib olish xavfini oshishiga sabab bo‘ladi. Olimlarning fikricha, ko‘zoynakdagi biosensor ko‘z yoshdagi glyukoza molekulalarini aniqlay oladi. U, shuningdek, qondagi qand, vitamin va alkogolni ham aniqlashi mumkin. 

Biosensor biologik yoki kimyoviy reaksiyalarni o‘lchash va ma’lum bir modda miqdorining ortishiga nisbatan signal berish xususiyatiga ega. Shu sabab bu yangi ixtiro laboratoriya tahlillarida, salomatlik monitoringi, tashxislash va kasallik profilaktikasi uchun qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘z yoshlar glyukoza bilan aloqa qilganida undagi elektronlar oqimi o‘zgarishi sabab signal hosil bo‘ladi. Bu signal ko‘zoynakka o‘rnatilgan biosensor orqali qayd etib boriladi. Qurilma olingan natijalarni kompyuter yoki smartfonlarga uzatadi.