Qirg‘izistonda konchilar shaxtada zaharlanib vafot etdi

  • 15:49 / 07.10.2019
  • 495

Картинки по запросу Шесть шахтёров погибли в Киргизии из-за угарного газа

Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida ko‘mir qazib olish jarayonida oltita konchi uglerod oksidi bilan zaharlanish natijasida vafot etdi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, birinchi holat Abduxakar-Ken konida yuz bergan. U yerda 5-oktabrda uchta konchi uglerod oksidi bilan zaharlangan. 6-oktyabr kuni yana uch kishi xuddi shu sababga ko‘ra Qizil-Kiye shahridagi konda vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, konchilar shaxtalarda mustaqil ravishda ko‘mir qazib olishayotgan bo‘lgan.

Teglar