Qishda immunitetni ko‘tarishga xizmat qiluvchi 7 xil ichimlik

  • 14:09 / 11.01.2020
  • 1786

Ko‘k choy

Похожее изображение

Amerikalik kimyogarlar jamiyati o‘tkazgan tajriba ko‘k choy tarkibidagi ayrim moddalar organizmda viruslar rivojlanishining oldini olishini, lyutein, zeaksantin hamda C, E darmorndorilari ko‘z kasalliklarini samarali davolashi, kofein esa terini qarishdan asrashini ko‘rsatdi.   
 
Qizilcha sharbati

Картинки по запросу Клюквенный сок

Qizilcha sharbati C darmondorisi hamda flavonoid – metabolitlar manbai bo‘lib, bu moddalar yallig‘lanishga qarshi yaxshi kurashchilar hisoblanadi. Vorchester politexnika instituti olimlarining tadqiqotlari bu sharbat, hatto antibiotiklar bilan ham davolash qiyin bo‘lgan tillarang stofilakokkning rivojlanishiga halaqit berar ekan.  

Limon sharbati 

Картинки по запросу Лимонный сок

Limon sharbatining o‘zini icha olmaydiganlar unga ozgina shakar, suv aralashtirishlari mumkin. Uning tarkibida terini zamburug‘ va ekzemalardan saqlovchi, organizmda immunitetni ko‘tarishga xizmat qiluvchi ishqor va kislotalar darajasini me’yorlashtiruvchi moddalar mavjud.  
 
Lavlagi sharbati 

Картинки по запросу Свекольный сок

Lavlagi sharbati qon bosimini tushirishga, jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi. Agar u olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirilsa, foydaliligi yanada oshadi.  

Kivi sharbati 

Картинки по запросу Сок киви

Kividagi A, C, E darmondorilari immunitetni oshirish bilan birgalikda organizmni kletchatka va kaliy bilan ta’minlaydi.  
 
Brokkoli sharbati

Похожее изображение

Brokkoli karami beta-karotin, kalsiy, kaliy hamda B1 va C darmondorilariga boyligidan tashqari oqsilning ham makoni. U tanada osteoartrit paydo bo‘lishining oldini oladi. Illinoys universiteti olimlarining tavsiyasiga ko‘ra pomidor sharbati bilan aralashtirib ichilsa, prostata saratonining oldini olar ekan. 
 
Sabzi sharbati 

Похожее изображение

Olimlar sabzining ko‘z uchun juda ham foydali xususiyatlari borligini bir ovozdan ma’qullashadi. Undagi oqsil, uglevod, yog‘, beta-karotin, C, B1 va B2 darmondorilari, temir, natriy va fosfor immunitetni kuchaytirish bilan birgalikda jigar va ichakni turli kasalliklardan himoya qiladi.