Qora tuynuk haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • 18:42 / 10.09.2019
  • 180

Quyoshga qaraganda o‘n baravar ko‘proq massaga ega bo‘lgan yulduz portlaganda koinotda ajoyib hodisa yuz beradi. U o‘zidan so‘ng “Qora tuynuk”ni qoldiradi. Qora tuynuklar haqida ma`lumotlar juda ham oz, ammo Eynshteynning nisbiylik nazariyasi tufayli olimlar uning tashqi ko‘rinishini, o‘lchamlarini va boshqa fizik xususiyatlarini taxmin qilishdi va hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Eng qizig‘i, kosmosda olib borilgan turli tadqiqotlar ham ushbu hisob-kitoblarni tasdiqlaydi.

Qora tuynuk haqida 12 ta qiziqarli ma’lumot

1. 2019-yil 10-aprel kuni ulkan tarmoqli radioteleskop (Event Horizon Teleskop) loyihasi ishtirokchilari birinchi navbatda qora tuynuk soyasining haqiqiy tasvirini namoyish etdilar. Tasvirda galaktika markazidagi Messier 87 (M87) yulduz turkumining tuynuk soyasi aks etgan.

2. Qora tuynuk kichik hajmda ham bo‘lishi mumkin, ammo albatta, zichligi katta bo‘ladi. Olimlarning izlanishlariga ko‘ra, bir “choyqoshiq” Neytron Yulduzining og‘irligi taxminan 5 tonna. Juda ham zich joylashgan ushbu jismning tortishish kuchi shu qadar kuchliki, u zamon va makonni buzib ko‘rsatishi mumkin.

3. Quyosh kabi jismlar fazo va vaqtning tuzilishini o‘zgartiradi va Yer kabi kichik jismlarni o‘ziga tortadi. Juda katta Neytron Yulduzi vaqt va makonning tuzilishini shunchalik o‘zgartirib yuborishi mumkinki, hatto unga quyosh nuri tushishi ham mumkin.

4. Qaysidir ma’noda qora tuynuklar galaktikalarning yaratuvchisi ham hisoblanadi, sababi ular sayyoralar va yulduzlarni markazga spiral tarzda tortadilar. Shuningdek, har bir galaktikada qora tuynuklar mavjud va ba’zan katta qora tuynuklarning tortishish kuchi tufayli galaktikalar to‘qnashib ketadi. 5 milliard yildan keyin Andromeda galaktikasi bizning Somon yo‘li galatikamiz bilan to‘qnashishi kutilmoqda, deydi olimlar.

5. Aytishlaricha, odamni qora tuynukka yetkazish va kema singib ketmasligining usuli bor ekan. Qora tuynuk yaqinida bo‘lgan kosmonavtlar bir necha soatlargagina qariydi, ammo bu vaqt Yer sayyorasining bir necha yiliga to‘g‘ri keladi. Qora tuynuk atrofida vaqt juda sekin o‘tadi, deyarli harakatlangani ham sezilmaydi.

6. Agar siz to‘satdan yorug‘lik tezligida boshqa bir galaktikaga uchishni xohlasangiz, sizga bir-birini aylanadiga bir juft qora tuynuk yordam beradi. Siz faqat qora tuynuklar bilan ketma-ketlikda aylanishingiz kerak, shundagina aylana holda muvozanatni ushlaysiz. Birinchi tuynukdan ikkinchi tuynukka parvoz qilishda kema tobora tezlashib boraveradi. U deyarli yorug‘lik tezligiga aylanganda, u aylana orbitani tark etadi va qo‘shni galaktikaga yoki sayyoradagi yulduzga boradi.

7. Qora tuynukda modda bo‘lmasa-da, uning yuzasi bor. Bu chegaraning bir turi bo‘lib, u orqali hech narsa oqib chiqolmaydi – na radio signal, na katta tezlikdagi yorug‘lik zarralari. Shuning uchun ham tunyukka nisbatan “qora” so‘zi ishlatiladi. Biroq, Xoking (Stiven Uilyam Xoking – ingliz fizik-nazariyotchisi, kosmolog, yozuvchi, Kembrij universitetining nazariy kosmologiya markazining ilmiy ishlari bo'yicha direktori)ning yaqinda bergan bayonotida, modda teshikka tushmaydi, balki voqealar gorizontida qoladi, qora tuynukdan chiqib ketish mumkin emas degan fikrni shubha ostiga qo'yadi.

8. Qora tuynuk ichida har qanday modda cheksiz zichlikka siqiladi. Makon va zamon shu qadar buzilib ketadiki, ular hatto yo‘q bo‘ladi. Buni biz oddiy fizika qonunlari yordamida tushuna olmaymiz.

9. Ulkan massalarga ega bo‘lgan qora tuynuklarni galaktikalar markazidan topish mumkin va ularning og‘irligi quyosh massasidagi qora tuynuklardan milliard marotaba katta. Ularning qay holda shakllanishi hozirgacha ma’lum emas. Ular bir vaqtlar quyosh massasining qora tuynuklari sifatida paydo bo‘lgan, ular zich joylashgan galaktik markazlarda boshqa ko‘plab yulduzlarni yutib, so‘ngra o‘sib chiqqan degan qarashlar mavjud. Bizning Somon yo‘li galaktikamiz ham bundan mustasno emas, Sagittarius A* qora tuynukning markazida joylashgan.

10. Klassik (noaniq) gravitatsiya nazariyasi doirasida qora tuynuk – noaniq ob’ekt. U doimo o‘z-o‘zini yemirib boradi. Biroq, Xoking qora tuynuklar elementar zarralarni, asosan, fotonlarni chiqarishini va shu bilan butunlay g‘oyib bo‘lguncha massasini yo‘qotishini isbotladi.

11. Ilk marotaba qora tuynukdan chiquvchi radiatsiya Stiven Xoking tomonidan kashf qilinganligi uchun “Xoking radiatsiyasi” deb nomlangan. Ushbu nurlanish qora tuynuk massasiga teskari proporsional haroratga ega: qora tuynuk qancha kichik bo‘lsa, harorat shuncha yuqori bo‘ladi. Biz bilgan yulduzli qora tuynuklarda harorat mikroto‘lqinli fon haroratidan ancha past va shuning uchun bu holat kuzatilmaydi.

12. Nisbiylik nazariyasi fazoda vaqtning har bir daqiqasida “tunnel” bo‘lishiga imkon beradi. Qora tuynuk shunday teshik bo‘lishi mumkinki, unda ma`lumotlarni boshqa olamga o‘tkazish imkoniyati bor bo‘lsa ajab emas.

Teglar