Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi sohasi islohotlari raqamlarda 

  • 19:11 / 20.08.2019
  • 66

Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi sohasi islohotlari raqamlarda 

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z shaxsiy sahifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2019-yil – yangi o‘quv yilidan boshlab, maktablar soni 21 taga ortyapti. Ularning orasida 9 ta yangi qurilayotgan maktablar bor. 2009-2016-yillarda esa maktablar soni 41 tagacha qisqargan edi. 

“Qoraqalpog‘istonda Xalq ta’limi tizimiga mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag‘ miqdori ham ortmoqda. Bu miqdor o‘tgan 1991-2016-yillarda ajratilgandan jami summadan ko‘proqni tashkil etadi (145.8 milliard)”,- deya yozadi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Shuningdek, vazirga ko‘ra, maktab muammolaridan yana biri tizimda qo‘lbola pechlardan foydalanishdir. 2016-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida ularning soni 959 ta ekanligi aniqlangan.

Joriy yilda bu pechlarning 275 tasi almashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, qolganlari ham keyingi yildagi dastur bo‘yicha to‘liq o‘zgartirilishi kutilmoqda.