Qozog‘iston TIV o‘zbekistonlik talabalarning ommaviy ravishda qaytib ketayotganligini izohladi

  • 17:56 / 13.02.2020
  • 615

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining: “Bizga O‘zbekiston tomonidan rasmiy murojaat kelib tushdi. O‘zbekistonlik talabalarga qilingan ushbu murojaat qo‘shni respublikadagi ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq”, degan izohni keltiradi Tengrinews sayti

O‘zbekistonda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda tahsil olayotgan talabalarning yashash joylarida ta’lim olishlari uchun kerakli sharoitlar yaratilayotganligi izohga qo‘shimcha qilingan.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli joriy yilning 7-15-fevral oralig‘ida qabul qilinishi haqida xabar qilgan edik