Qozog‘istonda avia hamda temir yo‘l qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda

  • 17:46 / 14.05.2020
  • 328

Qozog‘iston Transport bosh davlat sanitariya nazoratchisi Saduaqas Bayg‘abilov bugun, 14-may kuni Chimkent, Aqtau va Oraldan Nur-Sulton va Olmaota shaharlariga reyslarning tiklanishiga izoh berdi, deb xabar beradi Kazinform.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashar ekan, mintaqalarda asta-sekin Qozog‘istonning boshqa shaharlariga ichki reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Qayta tiklanadigan Chimkent, Aqtau va Oral reyslari uchun ijtimoiy masofa, anketa, niqob rejimi, kuzatib qo‘yuvchilarni terminal binosiga kiritmaslik, kontaktsiz termometriya kabi asosiy sanitariya-karantin talablari o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istondagi barcha ichki reyslar faqat Nur-Sulton va Olmaotadan viloyat ahamiyatiga ega shaharlarga ochilgan va mintaqalar orasidagi reyslar hozircha ochilmagan.

Bundan tashqari, 13-maydan boshlab Jezqazg‘an, Balqash, Urjar, Zaysanga parvozlar boshlangan.

Shuningdek, 1-iyundan Qozog‘iston hududlariga boradigan 54 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.