Qozog‘istonda ichki aviaqatnovlar to‘liq tiklanmoqda

  • 18:00 / 22.05.2020
  • 54

Qozog‘istonda ichki aviaqatnovlar 25-maydan to‘liq qayta tiklanadi. Parvozlar kuchaytirilgan sanitariya xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

“Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasining paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalarini inobatga olgan holda, joriy yilning 25-may kunidan boshlab ichki aviaparvozlar qayta tiklanadi”, deyiladi Respublika sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar samolyot bortiga chiqish uchun niqob va qo‘lqop kiygan bo‘lishi hamda ijtimoiy masofani saqlashi kerak. Koronavirus yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani olish esa bekor qilingan.