Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 5850 kishiga yetdi

  • 11:22 / 16.05.2020
  • 99

Qozog‘istonda 16-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 161 nafarga oshib, 5850 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Atirau viloyatida 32 ta;

– Nur-Sulton shahrida 26 ta;

– Olmaota shahrida 20 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 13 ta;

– Oqto‘be viloyatda 11 ta;

– Olmaota viloyatida 10 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 9 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 7 ta;

– Pavlodar viloyatida 7 ta;

– Mang‘istov viloyatida 6 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 4 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 2 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 1 ta;

– Turkiston viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 34 kishi vafot etdi, 2707 nafar bemor davolandi.