Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 6440 kishiga yetdi

  • 10:45 / 18.05.2020
  • 229

Qozog‘istonda 18-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 283 nafarga oshib, 6440 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Atirau viloyatida 86 ta;

– Chimkent shahrida 60 ta;

– Olmaota shahrida 46 ta;

– Nur-Sulton shahrida 20 ta;

– Turkiston viloyatida 19 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 18 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 13 ta;

– Mang‘istov viloyatida 8 ta;

– Pavlodar viloyatida 7 ta;

– Olmaota viloyatida 3 ta;

– Jambil viloyatida 2 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 2 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 2 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 1 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 11 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 34 kishi vafot etdi, 3256 nafar bemor davolandi.