Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 6751 kishiga yetdi

  • 17:55 / 19.05.2020
  • 96

Qozog‘istonda 19-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 311 nafarga oshib, 6751 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Atirau viloyatida 142 ta;

– Nur-Sulton shahrida 36 ta;

– Chimkent shahrida 31 ta;

– Olmaota shahrida 24 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 19 ta;

– Turkiston viloyatida 18 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 13 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 8 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 6 ta;

– Olmaota viloyatida 3 ta;

– Jambil viloyatida 3 ta;

– Pavlodar viloyatida 2 ta;

– Mang‘istov viloyatida 1 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 35 kishi vafot etdi, 3469 nafar bemor davolandi.