Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 7234 kishiga yetdi

  • 17:40 / 21.05.2020
  • 207

Qozog‘istonda 21-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 265 nafarga oshib, 7234 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Nur-Sulton shahrida 84 ta;

– Olmaota shahrida 57 ta;

– Atirau viloyatida 24 ta;

– Chimkent shahrida 23 ta;

– Olmaota viloyatida 19 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 13 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 13 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 11 ta;

– Pavlodar viloyatida 9 ta;

– Jambil viloyatida 5 ta;

– Oqto‘be viloyatida 2 ta;

– Turkiston viloyatida 2 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 1 ta

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 1 ta;

– Mang‘istov viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 35 kishi vafot etdi, 3734 nafar bemor davolandi.