Radio haqida nimalarni bilasiz?

  • 19:37 / 08.09.2019
  • 687

O‘tgan asrga qaraganda hozirgi kunda radioning jamiyatdagi o‘rni anchayin kamaygan. Bugun uning o‘rnini zamonaviy texnologiyalar – televideniye va internet saytlar egallab boryapti. Ammo qachonlardir radio eng ilg‘or yangilik yetkazuvchi vosita sifatida mashhur bo‘lgan. Hozirda ham radio yo‘q emas: militsiya xodimidan tortib uchuvchigacha ushbu vositadan faol foydalaniladi. Bundan tashqari, radio ishqibozlarini ham esdan chiqarmaslik lozim, uni sevib tinglovchilar talaygina. 
Quyida ko‘pchilikka noma’lum bo’lgan radio tarixidagi qiziqarli faktlarni taqdim etamiz:

1. Ilk radiogramma 1896-yil mart kuni taniqli rus fizigi Aleksandr Popov tomonidan yuborilgan. U atigi 2 ta so‘zdan iborat edi: "Geynrix Gerts"

2. Fransuz virusologi Lyuk Montajer 2009-yilda bakteriyalar radioto‘lqinlarni yaratishga qodir degan ma’lumotni bildirdi. Uning tadqiqotlari esa buning haqiqatga yaqinligini tasdiqlaydi.

3. Radioning paydo bo‘lishiga  hissa qo‘shganlardan yana biri amerikalik stomatolog Mahlon Loomis hisoblanadi. U simsiz aloqaning ikkita simni havoga ko‘targan qurilmalar yordamida amalga oshirilishini aytgan. U allaqachon, aniqrog‘i 1868-yilda 20 kilometrdan ko‘proq masofaga signal uzatishga muvaffaq bo‘lgan.

Интересные факты о радио

4. Eyfel minorasi o‘z "hayot"i uchun aynan radiodan minnatdor bo‘lishi kerak. U 1889-yil Jahon ko‘rgazmasi uchun maxsus qurilgandi. 20 yildan so‘ng uni buzib tashlashmoqchi edi. Biroq radioaloqani yo‘lga qo‘yish uchun unga katta diapazon va signal kuchini uzatadigan antennalarni o‘rnatishga qaror qilindi. Bu esa Parijning ko‘rki hisoblangan minoraning yashab qolishini ta’minladi.

6. 1942-yil avgust oyida o‘nlab Navaxo hindulari AQSh armiyasiga harbiy xizmatga chaqirtirildi. Ularga radio suhbatlarni o‘z tillarida olib borishdek muhim vazifa yuklatilgan edi. Yaponiya harbiy razvedkalari radio aloqaga ulanib olib ma’lumotlarni o‘g‘rilab olmoqchi edi, ammo yaponlar hindular tilini tushuna olishmadi. Chunki ularda navaxo tilini biladigan mutaxassislar yo‘q edi.

7. 1930-yil 18-aprelda havo kuchlari efirida tinglovchilar musiqa eshita boshladilar. Keyinchalik mutaxassislarning aytishlaricha, o‘sha kuni radio muxlislarining e’tiboriga bundan-da qiziqarliroq narsa uzatish mumkin bo‘lmagan.

8. 1940-yilda Angliya futbol klublarining uchrashuvi paytida qiziqarli bir voqea yuz berdi. O‘sh kuni futbol maydonini shu qadar qalin qoplangan ediki, sharhlovchi maydondagi o‘yinchilarni ko‘ra olmagan. Natijada u o‘yinni sharhlamagan bakli, tomoshaga kelgan muxlislarning taassurotlarini yoritib borgan.

9. Mashhur suxandon Yuriy Levitanning “Ulug‘ Vatan urushi” davridagi radioeshittirishlari urush jarayonida yozib olinmagan. Lekin Levitanning eshittirishlari katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgani sababli, ularni qayd etish uchun 1950-yilda maxsus lentalarga yozib olingan.

10. AQShda 2013-yilgacha radiostansiyalar tashkil qilish taqiqlangan. Hukumat o‘z fuqarolarini har qanday tashviqotdan, hatto o‘zidan ham himoya qilishga majburdir degan haqiqatni ilgari surgan.

11. Internetda radio tinglash imkoni paydo bo‘lgan bo'lsada, radioni to‘lqinlar orqali tinglash kamaymadi.

12. "Birdsongradio" radiostantsiyasi 20 yildan buyon ornitolog Kventin Xovard tomonidan yozilgan qushlar qo‘shig‘ini muntazam efirga uzatib keladi.

13. XIX oxiri XX asr boshlarida “Masens” paroxodi halokatga uchradi. Aynan shu vaqtda qutqaruv operatsiyasi paytida birinchi marta radioaloqadan samarali foydalanildi. Uning yordamida esa odamlar cho‘kayotgan kemadan qutqarib olindi.

Teglar