Ramzan Qodirovning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. U koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin

  • 16:52 / 23.05.2020
  • 203

Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirovning kasalligi 21-may, payshanba kuni ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Rossiyaning uchta asosiy axborot agentliklari - Interfaks, TASS va RIA Novosti o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir necha kun oldin Checheniston rahbari o‘zida koronavirus alomatlarini sezib, noqulaylikdan shikoyat qilgan. Keyinchalik uning ahvoli yomonlashgan va shifokorlar Moskva shifokorlari bilan bog‘lanishni maslahat berishgan.
 
Baza Telegram kanalining xabar berishicha, siyosatchida koronavirus infeksiyasi ikki-uch hafta oldin tasdiqlangan. Infeksiya yuqtirib olganidan bir hafta o‘tgach, u o‘zini odatdagidan ancha yomon his qila boshlagan. Ammo bu kasallikni respirator infeksiya deb o‘ylagan. Ayni paytda u o‘pka yallig‘lanishi tashxisi bilan Moskva kasalxonasida davolanmoqda.