Rasman: Tokio Olimpiadasi koronavirus tufayli qoldirildi

  • 18:02 / 24.03.2020
  • 194

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarini bir yilga kechiktirish to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda the Guardian nashri xabar berdi.

“2021-yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana bo‘lib qoladi”, deya qo‘shimcha qilgan Abe.

Eslatib o‘tamiz, “Tokio 2020” Olimpiya o‘yinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar, Paralimpiya o‘yinlari esa 25-avgustdan 6-sentyabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.