Respublikaning ikkita oliy ta’lim muassasasiga ayol rektor tayinlandi

  • 19:34 / 20.05.2020
  • 271

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 299-son qarori bilan quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi: 

Oral Aminovna Ataniyazova Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori etib tayinlandi.

1956-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori, senator, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi.

Shuningdek, Gulchexra Shovkatovna Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori etib tayinlandi.

Gulchehra Rixsieva 1971-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Sharqshunoslik institutida 2000-yildan beri ishlaydi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yilda u Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va shu yilning iyul oyidan boshlab Toshkent davlat tarix institutini boshqargan. U Gender tengligi bo‘yicha Respublika komissiyasining hamda mamlakat oliy ta'lim kengashining a'zosi.