Rimda metro uchun plastik butilkalar orqali to‘lov qilish mumkin (+video)

  • 23:39 / 05.10.2019
  • 311

Rim metrosi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Unga ko‘ra, endi plastik butilkalarni topshirib, chipta sotib olish mumkin. Bu haqida Euronews xabar bermoqda

Metro vestibyulida butilkalarni solish mumkin bo‘lgan maxsus konteyner turibdi. Ularning har biri 5 sentga baholanadi. 1,5 yevro turadigan standart biletni sotib olish uchun 30 ta butilka topshirish lozim. Hozircha uni uchta metro bekatida amalga oshirish mumkin. Loyiha yil davomida sinovdan o‘tkaziladi. 

“Abadiy” shahar chiqindiga to‘lib ketgani, sayyohlarning bir necha o‘n yillardan beri beparvo munosabati endi mahalliy aholiga qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 

“Vaziyat ancha falokatli” – deydi Legambiente ekologik harakati rahbari Stefano Chiafani. 

“Chipta uchun chiqindi” eko-tashabbusi Rim meri Rima Virdjinuya tomonidan Atac stransport tarmog‘i nomidan taklif etilgan.