Rossiya Tojikiston maktablari uchun 21 million dollar ajratadi

  • 17:24 / 16.06.2020
  • 1065

Rossiya Tojikistonning maktablarida ovqatlanish resurslarini tashkil etish uchun BMTning Jahon Oziq-ovqat dasturi (WFP)ga 11,2 million dollar ajratmoqda, deya xabar beradi TAJ news. 

Ushbu mablag‘lar oshxonalarni ta'mirlash va qayta jihozlash dasturlariga, tojik maktablari uchun malaka oshirish, shuningdek, sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishga qaratilgan axborot kampaniyalariga sarflanadi. 

Bundan tashqari, Rossiya Tojikistonda 2020 – 2021-yillarda maktab o‘quvchilarining ehtiyojlari uchun Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun qo‘shimcha ravishda 10 million dollar beradi, deya xabar beradi WFPning Tojikistondagi vakolatxonasi.

2013-yilda WFP tomonidan Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko‘magi bilan Tojikistonda maktablarda ovqatlanishning barqaror tizimini yaratish bo‘yicha loyiha boshlangan. 

2013 – 2019-yillarda Rossiya tojik maktab o‘quvchilari uchun rossiyalik ishlab chiqaruvchilarining oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun qo‘shimcha 41 million dollar ajratgan