Rossiyadagi mehnat migrantlari bugundan patent rasmiylashtirishi zarur

  • 16:44 / 16.06.2020
  • 490

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 274-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan edi.
 
Rossiya Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bugundan, yaʼni 16-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.
 
Shuningdek, farmon bilan:
 
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020-yilning 15-sentabrigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
 
- Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020-yilning 15-sentabriga qadar uzaytirish belgilangan.