SSV: Koronavirus infeksiyasi Toshkent shahridan tashqari 5 ta viloyat vakillarida ham qayd etilgan

  • 16:12 / 25.03.2020
  • 2745

Ayni paytda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar ham bor. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 


Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.


Avval xabar berganimizdek, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 55 nafarni tashkil etmoqda.