Saida Mirziyoyeva Ivanka Tramp, Tereza Meylar bilan bir qatorda xalqaro forumda ishtirok etadi

  • 18:44 / 14.02.2020
  • 289

Joriy yilning 16-17-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Butun jahon ayollar forumi o‘tkaziladi. Forumda 87 ta davlatdan 3,000 ta delegat ishtirok etadi. Forum doirasida tashkil etiladigan Tadbirkor ayollarning summitida esa taxminan 250 davlatning  iqtisodiy lider xonimlarining qatnashishi kutilmoqda. 

Tereza Mey, Ivanka Trump, Jahon banki rahbari David Malpass va boshqa nufuzli vakillar ishitrokidagi forumga  O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad ben Rashid Al Maktum zoti oliyalari tomonidan taklif qilindi.

Forumda Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qilishi kutilmoqda.

Teglar