Samolyotda mikroblar 7 kun davomida saqlanib turishini bilasizmi?

  • 00:22 / 28.09.2019
  • 549

Statistikaga ko‘ra, o‘rtacha har beshinchi yo‘lovchi parvozdan so‘ng o‘zini yomon his qiladi yoki kasal bo‘lib qoladi. Bunday ko‘ngilsiz holatlarda yoningizdagi yo‘lovchini ayblashdan oldin, shunchaki bitta havodan nafas olish virus infeksiyasi tarqalishining asosiy sababi emasligini bilib olishingiz kerak

Yuzalarga ehtiyot bo‘ling

Mikroblar samolyot bortida, taxminan, yetti kun yashashi mumkin. Garchi, ular tekis va silliq yuzalarga qaraganda g‘adir-budur sirtlarda ko‘proq umr ko‘rsa-da bunday joylar viruslar yashashi uchun qulay bo‘lishi mumkin. 

Shuni yodda tutish kerakki, bortda yana boshqa ko‘plab “xavfli hududlar” mavjud. Jumladan, jadvallar, pardalar va aviakompaniya jurnallari sizgacha ancha qo‘llardan o‘tgan bo‘ladi. Shuningdek, parvoz davomida o‘rindiq orqasidagi cho‘ntakka umuman tegmaslikka harakat qiling. Chunki, u ko‘pincha ishlatilgan paketlar, oziq-ovqat mahsulotlaridan qolgan chiqindilarni solishga va hatto, bolalar tagliklarini saqlash uchun xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Imkon qadar nam salfetkalar yoki antibakterial suyuqliklardan foydalaning.

Ko‘p miqdorda suv iching, lekin samolyot ichidagi idishlarda olib kelingan suvni ichmaslikka harakat qiling.
Samolyotda havo namligi ancha past bo‘lgani uchun sayohatchilar tezda chanqab qolishlari mumkin. 

Biroq, so‘nggi yillarda bortda keltirilgan suvning tozaligi borasida juda ko‘p bahsli munozaralar bo‘lgan. Ichimlik idishlari tozalanishiga qaramay, ular nechanchi marta yuvilayotganini hech kim aniq bilmaydi. 
Yaxshisi, aeroportga o‘zingiz bilan birga shisha idish olib boring va tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng uni suv bilan to‘ldirib oling.

Yostiqlar va suyanchiqlarga suyanishdan oldin ehtiyot bo‘ling

сиденья в самолете

Xalqaro standartlarga ko‘ra, aviakompaniyalarda yostiq va choyshablar har parvozdan oldin yuvilib, mikroblardan tozalanishi kerak. Biroq, ko‘pincha ekipaj parvozlar orasida bunga vaqt topolmaydi. 

To‘g‘ri joy tanlang

Картинки по запросу 7 способов избежать микробов во время перелета

Har qanday holatda ham hojatxonaga yaqin joylardan qoching. Uning o‘zi mikroblar manbai ekani yetmaganday, navbatda turgan odamlar sizning atrofingizda doimo to‘planishadi, ulardan biri esa bemor bo‘lishi mumkin.

Ko‘plab aviakompaniyalar onlayn ro‘yxatdan o‘tish va joyni tanlash imkoniyatini taklif qilishadi. Shuni yodda tutingki, ko‘p hollarda joylarni tanlash pullik xizmat turiga kiradi.

To‘g‘ri ovqatlaning

еда в самолете

Tuzli, shirin yoki yog‘li ovqatlardan saqlaning va suyuqlikni yo‘qotishga yordam beradigan yong‘oqqa o‘xshash quruq mevalarni yeyishga harakat qiling.

Immunitetingizni mustahkamlash uchun parvozdan bir necha kun oldin vitaminlar yoki ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qiling.