Samsung kompaniyasining 7 ta eng zo‘r smartfoni

  • 10:26 / 16.05.2020
  • 1169

Mobil telefon bozorida xaridorlar uchun assortimentlar bisyor. Ulardan qaysi birini tanlashga qiynalib ketadi, odam. Xususan, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ham yurtimiz foydalanuvchilari orasida ancha mashhurlikka erishib ulgurgan. Keling, bugun sizlar bilan ushbu kompaniyaning eng yaxshi smartfonlarini saralab chiqamiz. Biz nisbatan arzon smartfonlarga e’tibor qaratamiz. Chunki qimmat flagman sotib olishga hammaning ham qurbi yetmasligi mumkin.

1. Samsung Galaxy M11


Eng so‘nggi modellardan biri. Uchtalik kamera, NFC formati va eng muhimi, 15 vatt.li tez quvvatlanadigan 5000 mA/soatli batareyaga ega juda ajoyib telefon. Bu bilan Galaxy M21’ning raqobatchilari umuman yo‘q, demoqchi emasmiz. Biroq qurilmaning o‘zi juda qiziqarli. Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim, M-seriyadagi modellar nisbatan yangi bo‘lgani bois ularni sotuvdan topish biroz qiyinroq. Biroq u qidirishingizga arziydi.

2. Samsung Galaxy A30


Mazkur qurilma yangi emas (ya’ni, uning o‘rniga Galaxy A31 keldi), shu bois uni sotuvdan topish muammo emas. Narxi ham nisbatan arzon. Va bu narxga siz Full HD formatidagi AMOLED displeyi, 4000 mA/soatlik batareya, NFC, USB Type-C porti va shu kabi bir qator funksiyalari bo‘lgan modelga ega bo‘lasiz. Eng muhimi, siz adashib Galaxy A30S’ni sotib olmang. Chunki u Galaxy A30’ga qaraganda soddaroq versiyada ishlangan va ayrim funksiyalarga ega emas.

3. Samsung Galaxy M21


Bu modelning akkumulyatori 6000 mAch quvvatli. Hozirgi kunda bunday yirik quvvatli batareya uchun bir olam pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, Galaxy M31 ham shunday batareyalarga ega, biroq uning narxi Galaxy M21’ga solishtirganda ancha qimmat. Batareyasini unutgan taqdirimizda ham qurilmaning afzallik tomonlari bisyor: 6,4 dyumli AMOLED ekran, uchta 48 megapikselli orqa kamera, NFC. Umumiy qilib aytganda, Samsung o‘rtacha smartfonlarida bor barcha xizmatlar unda ham mujassam. 

4. Samsung Galaxy A40


Tez orada uning o‘rniga Galaxy A41 kelishi kutilmoqda. Biroq shunda ham u o‘z xaridorgirligini yo‘qotmasligi aniq. Chunki Galaxy A40 juda ixcham 5,9 dyumli qilib ishlangan. Uni obrazli qilib iPhone SE’ning koreyscha nusxasi, deb atash mumkin. Galaxy A40 Full HD formatidagi AMOLED ekran, USB Type-S port va 4/64 Gb. xotira hamda 16 va 5 megapikselli ikkita orqa kameraga ega. Umuman olganda qurilma texnologiyalarga boy, shu bilan birga juda ixcham. Bugungi kunda esa bu kamdan-kam uchraydigan holat. 

5. Samsung Galaxy A80


Mazkur model boshida tajriba tariqasida ishlab chiqarilgandi va shunday bo‘lib chiqdi. Chunki Galaxy A80’ning avlodlari hozircha yo‘q. Uni sotuvdan topish esa juda qiyin. Agar yoningizdan chiqib qolsa, ikkilanmay sotib olavering. Qurilma juda g‘ayrioddiy. Siz asosiy kameralardan avtoportret olishda ishlatishingiz mumkin, ya’ni tasvirlarning sifati yuqori bo‘ladi. 8 Gb.li tezkor xotira, katta 6,7 dyumli AMOLED ekran esa sizga bonus bo‘lib tushadi.

6. Samsung Galaxy S10e


Galaxy S20 seriyasida ixcham modeldan voz kechishgach, Galaxy S10e to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodga ega bo‘lmay qoldi. Biroq bu unga bo‘lgan talabni pasaytirmadi. Chunki Galaxy S10e zamonaviy standartlarga muvofiq kichkina 5,8 dyumli qurilma bo‘lib, uni flagmancha deb ham atash mumkin. Model suvdan himoyalangan, simsiz quvvatlashi mumkin, 6/128 Gb. xotira va tiniq kameraga ega. Bundan tashqari, rang variantlari to‘la. Ko‘rinishidan bu model iPhone Xr’ga javob sifatida yaratilganga o‘xshaydi va endi u ham iPhone SE’ga qarshi raqobatga kirishgan.

7. Samsung Galaxy Note 10 Lite


Galaxy S10 Lite bilan taqqoslaganda, Galaxy Note 10 Lite ancha qiziqarli bo‘lib ko‘rinadi. Gap shundaki, qurilma ilgari faqat haqiqiy flagmanlarda bo‘ladigan S Pen bilan jihozlangan. To‘g‘ri, unda suvdan himoya, aql bovar qilmaydigan piksellar soniga ega matritsalar, simsiz quvvatlash funksiyalari mavjud emas. Ammo yuqori sifatli AMOLED displeyi, 4500 mA/soat batareya, shisha korpusi mavjud. Va yana S Pen ham. Maksimalistlar esa ikki barobar qimmat Galaxy Note 10’ni sotib olishlari mumkin.