Samyuel Eto’o: “Mourinyo meni foto va sms bilan ko‘ndirdi”

  • 15:48 / 18.05.2020
  • 178

Samyuel Eto’o “Inter”dan “Barselona”ga o‘tishida Joze Mourinyoning o‘rni katta bo‘lganini esladi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Kamerunlik hujumchi Zlatan Ibragimovichninig “Inter”dan Kataloniyaga ko‘chib o‘tishida transferning bir qismi bo‘lgandi.
Eto’o 2009-yilda Italiyaga ko‘chib o‘tgach omadli mavsumni o‘tkazib, trebl qayd etgandi.
“Mourinyo meni oddiy yo‘l bilan ishontirdi. U menga “Inter”ning 9-raqamli futbolkasi rasmi bilan “Bu seniki. U seni kutmoqda” deya yozilgan sms xabar yubordi.
Marko Materatsi ham “Inter’ga keladigan bo‘lsak, biz hamma narsani yutamiz” deb yozib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, kamerunlik hujumchi Ibragimovichning transferi bir qismi sifatida “Barselona”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tgandi.

Teglar