Saratonga qarshi vaksina yaratildi

  • 19:40 / 25.05.2020
  • 895

Xitoy Fanlar akademiyasining Texnologiya instituti olimlari saratonga qarshi yangi vaksina ishlab chiqdilar. Mikrokapsulalar asosida yaratilgan ushbu vaksinaning samaradorligi limfoma, melanoma va ko‘krak saratoni modellarida allaqachon isbotlangan bo‘lib, u o‘z-o‘zini davolaydigan polilaktik kislota mikrokapsulalari orqali immunitet tizimini faollashtirish xususiyatiga ega. Ular inson hujayralarida o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini olib, o‘simta antigenlarini faollashtiradi. Saratonga qarshi vaksinalar onkologik kasalliklarni oldini olish bo‘yicha istiqbolli vosita hisoblanadi.