Sardoba fojiasi: aholi va tadbirkorlik subyektlarining banklardan olingan qarzini qaytarish muddati uzaytirildi

  • 16:45 / 19.05.2020
  • 64

Bugun, 19-may kuni AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov ishtirokida Sardoba suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bag‘ishlangan navbatdagi brifing tashkillashtirildi.

Murod Sodiqovning ma’lum qilishicha, Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan zarar ko‘rgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘m qarzining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirilgan.

Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berilgan.

Shuningdek, toshqindan zarar ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan