Sarri nega Ronalduni zaxiraga oldi?

  • 17:27 / 07.11.2019
  • 53

 “Yuventus” futbol klubi bosh murabbiyi YeChL 4-tur doirasida Moskvaning “Lokomotiv”iga qarshi bahsda Krishtianu Ronalduning nima sababdan zaxiraga olgani aytdi. Sarrining ta’kidlashicha, u Ronalduni keying o‘yinlar uchun saqlagan.  

“Uning jismoniy holatini saqlash uchun va uni ehtiyot qilish maqsadida zaxiraga oldim. Birinchi bo‘lim oxirlarida u tezlik olgan vaqtlarda bizda biroz qo‘rquv paydo bo‘ldi. Kelajakda unga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan jarohatdan uni himoya qilishga harakat qildik”, deydi Sarri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘yinni norozi kayfiyatda tark etdi.