Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvida mushtlashuv sodir bo‘lgan

  • 16:35 / 28.11.2019
  • 556

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanalida yozishicha, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Osiyo chempionati saralash o‘yinida raqiblari bilan janjal uyushtirgan.

“Saudiya Arabistonidagi hamkasblarimning aytishicha, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashi o‘yinidan so‘ng ularning va bizning terma jamoa vakillari maydonda mushtlashib ketgan. Menda o‘sha voqea yakuni aks etgan video bor. Ammo OFK intizom qo‘mitasi o‘z qarorini ma’lum bo‘lmaguncha videoni e’lon qilmayman. Bu qaror kelasi yil oktabr oyida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan terma jamoa uchun yoqimsiz bo‘lishi kutilyapti. Mushtlashuv haqidagi yangilik bu terma jamoa rahbariyatidagi kutilmagan o‘zgarishlarga tushuntirish bo‘lishi mumkin”, deb yozdi Alisher Nikimbayev.