Sayyohlarni xushlamaydigan 3 ta shahar

  • 17:39 / 25.09.2019
  • 1144

Hamma shaharlar ham, garchi sayyohlar hudud iqtisodini jonlantirsa-da, sayyohlarni quchoq ochib qarshi olavermaydi. Yevropada shunday yo‘nalishlar borki, u yerda mahalliy aholi ochiqchasiga chaqirilmagan mehmonlarga qarshilik qiladi. Arzimagan sabablarga ko‘ra jarima solishadi yoki xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishadi. 

Bozorlarni tadqiq qiluvchi Euromonitor agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili tur-sayohatlarning yarmi 100 ta shaharga to‘g‘ri kelgan (shaharlarning umumiy soni esa 1,3 mlrd.!). Aviachiptalar sotish bilan shug‘ullanuvchi Aviasales onlayn-servisi sayyohlarni uncha xushlamaydigan shaharlarni o‘rganib chiqdi va kichik reyting yaratdi:

3. Amsterdam

Картинки по запросу Амстердам

Yevropaning chetida joylashgan lolalar, qizil chiroqlar va yengil narkotiklar shahri dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlardan biridir. To‘da-to‘da odamlar ko‘p shovqin solishadi, chor-atrof chiqindiga to‘lib ketadi. Bu esa shahardagi xizmat ko‘rsatish muassasalarining tirbandligi va narxlarning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun hukumat Amsterdamda yangi mehmonxonalar qurishni taqiqladi, mavjudlariga esa soliqlar miqdorini 6 foizgacha oshirdi. 

Qizil chiroqlar kvartalida spirtli ichimlik va narkotiklarga taqiq qo‘yildi. Shuningdek, sayyohlar guruhi 5 kishidan oshsa jarima solinadigan tartib o‘rnatildi. 

2. Barselona

Картинки по запросу город барселона

Bu yerda sayyohlar gavjumligini yana-da kuchliroq his qilish mumkin. Shuning uchun shahar hukumati 2015-yilda sayyohlar oqimini kamaytira boshladi. Buni birinchi bo‘lib mehmonxonachilar sezishdi. Ularga markazda yangi mehmonxonalar qurish taqiqlandi. Qolaversa, turarjoyini ijaraga beruvchilarning internet-servislari ham ortiqcha reklama uchun jarimaga solinadigan bo‘ldi. Shaharga keluvchilar miqdorining ko‘payishi xizmatlar uchun narxlarning hamda jinoyatchilk holatlarining oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu esa mahalliy aholini xursand qilmagani aniq. Hattoki, bir safar sayyohlar avtobusiga ham hujum qilishgan: bir guruh odamlar avtobus haydovchisiga pichoq bilan tahdid qilib, sayyohlardan uyga jo‘nab ketishini talab qilishgan. 

1. Venetsiya

Suv ustidagi shaharda yarim million odam yashaydi. Ammo yil davomida tashrif buyuradiganlar shahar aholisidan 10 marta ko‘proq. Sayyohlar mehmonga kelganida o‘zini ba’zan juda madaniyatsiz tutadi: kanallarda cho‘miladi, to‘g‘ri kelgan joyda chekadi va chiqindi tashlaydi. Hukumat jamoat tartibini buzganlik uchun 500 yevrogacha jarima solishni yo‘lga qo‘ydi va cheklovchi turniketlar o‘rnatdi. Keyingi qadam sayohat kemalarini qabul qilishga qo‘yiladigan cheklov bo‘lishi mumkin. 

Sayyohlarga to‘lib ketgan mashhur joylar (Santorini, Dubrovnik, Mayorka, Ibitsa, Borakay, Botsvana, Machu-Pikchu va h.k.)da juda keskin, ba’zida esa anchayin original choralar ko‘riladi. Masalan, selfi-tayoqchalar va fast-food vagonchalariga taqiqlar, mehmonlarni qabul qilganlik uchun soliqlarning ko‘paytirilishi, obyektlarga kirishdagi limit yoki ularni vaqtinchalik yopib qo‘yish kabilar. 

Istagan joyiga bormasdan turolmaydiganlar uchun yagona chora – bu mavsum bo‘lmagan paytda borishdir. Yoki shunga o‘xshash joyni tanlasa ham bo‘ladi. Ammo har qanday holatda ham, mahalliy aholi an’analarini hurmat qilishingiz va begona joyda o‘z bilganingizcha ish tutmasligingiz maqsadga muvofiq.