Sayyohlarning asabga teguvchi odatlari

  • 15:27 / 02.11.2019
  • 103

Картинки по запросу Перечислены самые раздражающие привычки туристов

IOL portali ajoyib tadqiqot o‘tkazdi. Ular sayyohlarning mahalliy aholi yoki boshqa sayyohlar asabini qo‘zg‘aydigan odatlarini o‘rganib, ular uchun tavsiyalar ishlab chiqdi

“Аvvalo, hech qaysi sayyoh mehmon bo‘lib turgan joyi bilan o‘zining qadrdon joyini taqqoslamasligi kerak. Gap taomlar, dam olish va mehmonxonalar haqida ketganida hech kim sizning davlatingiz qay darajada go‘zal ekanligini eshitishni istamaydi. Аgar shunday bo‘lsa, yaxshisi darrov ortga qaytish uchun chiptaga buyurtma bering”, deyiladi tavsiyada.
 
Imkoni bo‘lsa spirtli ichimliklardan voz kechgan ma’qul. Chunki mastlik ortidan noqulay ahvolga tushib qolishingiz ehtimoli katta. Savdo shoxobchalarida o‘zingizni nazorat qiling, aks holda sotuvchiga katta foyda keltiradigan xaridni amalga oshirib qo‘yishingiz mumkin.
 
Shuningdek, sayyohlarga suratga olish taqiqlangan joylarda bu ishni qilmaslik, mahalliy aholining hurmatini joyiga qo‘yish, o‘rnatilgan qoidalarga amal qilish maslahat beriladi.