Sayyohlik agentliklari Misr sayohatchilaridan nimalarni yashirishadi? 

  • 20:39 / 02.12.2019
  • 1175

Misr sir-sinoatlarga boy go‘zal shahar. Albatta, u yerga borish uchun ko‘pchilik agentliklarga murojaat qiladi. Sayyohlik agentliklari diqqatga sazovor bo‘lgan joylarning 100 foizida bemalol dam olish mumkinligini aytishadi. Kamdan-kam hollardagina Misrning ba’zi joylari xavfli ekanligidan ogohlantirishadi. Quyida sayohatchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar nimalarni yashirishlari haqida ma’lumot beramiz

1.  Salomatlikni sug‘urtalash. Ko‘pchilik sayyohlik agentliklari Misrga borish uchun sug‘urtalanish shart emas deydi. O‘z navbatida odamlar ham pulni tejash uchun bu xizmat turidan foydalanishdan bosh tortishadi. Lekin bu mutlaqo xato ish. Bu mamlakatda tibbiy xizmatlar arzon turmaydi, sug‘urtalanish esa sizga tibbiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi. Salomatligingiz uchun pulni tejamaslikni maslahat beramiz. 

2.  Misrdagi diqqatga sazovor joylar va hududlarning hammasiga ham kirish mumkin emas. Agentlik rahbarlari taqiqlangan joylar haqida ogohlantirishmaydi. Bunday taqiqlar mamlakat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bilmay tashlagan bitta qadamingiz sizni qamoqqa ravona qilishi mumkin. Shuning uchun agentlikdagilarni boshini qotirib bo‘lsa ham, bunday joylar haqida so‘rab oling.

3.  Dengizda suzayotganda aslo baliqlarni qo‘llaringiz bilan ushlamang, chunki ularning ko‘pchiligi zaharli bo‘ladi. Bundan tashqari, ularga tekkudek bo‘lsangiz sizga katta jarima solishlari ham mumkin. Agar dengiz marjonlaridan esdalik uchun olgan bo‘lsangiz, uning uchun chek taqdim etishingizga to‘g‘ri keladi. 

4.  Mamlakat ichida u hududdan bu hududga poyezd bilan o‘tmoqchi bo‘lsangiz xavfsizligingiz uchun sayyohlar orasida ommalashgan, 2-klassdan past bo‘lmagan yo‘nalish transportini tanlashingiz kerak. Unchalik ommalashmagan arzon poyezd yo‘nalishlarida joy muammosiga duch kelasiz (joy yetishmasligidan tomda ketishingizga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin). Bundan tashqari, ularda hudud nomlari faqat arab tilida yozilgan bo‘ladi. 

5.  Ekskursiyalar uchun ajratilgan avtobusda turoperator, televizor va konditsioner borligiga ishonch hosil qiling. Odatda turagentliklar bu haqida lom-mim deyishmaydi. 

6.  Mehmonxonaga borganda o‘zini tutish qoidalarini yaxshilab o‘rganib oling. Misr ziyofatlariga ochiq kiyimda borish, o‘zi bilan ovqat, spirtli ichimliklar olib kirish taqiqlanadi. Mehmonxonalarda qaysi xizmat turlari bepul amalga oshirilishini oldindan bilib oling. 

7.  Faqat shisha idishdagi suvlardan foydalaning. Jo‘mrakdan oqib tushayotgan suvga faqatgina tishingizni yuvsangiz ham ichaklaringizgacha zararlanishingiz mumkin. Ichiga muz bo‘lagi solingan ichimliklardan nariroq yurishni maslahat beramiz. 

Misr – qiziqarli tarixga ega bo‘lgan betakror mamlakat. U yerga har safar borganingizda uni qaytadan kashf qilasiz. Lekin sayohatga chiqqaningizda xayolingizni bir joyga qo‘yib maslahatlarimizga amal qiling. Xavfsizligingizni ta’minlash uchun agentlik menejeriga savol berishdan uyalmang.