Sayyoramizdagi eng iflos joylari o‘ntaligi

  • 22:46 / 08.10.2019
  • 1203

99 foiz olimlar Yerdagi iqlim ular tahlil qila olgandan ko‘ra tezroq o‘zgaradi, degan fikrga qo‘shiladi. Neft ishlab chiqaruvchilar va boshqa sanoat kompaniyalari o‘z faoliyatining oqibatlarini qoplash uchun qo‘shimcha subsidiya to‘laydi. Uglerod oksidi global iqlim o‘zgarishining asosiy sabablaridan biridir. Undan keyingi jiddiy muammo – metan bo‘lib, u karbonat angidriddan 17 baravar ko‘proq zaharli.

Agar Grenlandiyaning 2,3 kub kilometrlik barcha muzliklari erib ketsa, dunyo okeani sathi 7,2 metrga ko‘tariladi va yer yuzidagi eng ko‘p aholi yashaydigan yuzta shahar butunlay suv ostida qoladi. Jahondagi ikkinchi eng yirik muz qatlami qancha vaqt erishi mumkinligi hali ham noma’lum. Ammo yomon tomoni, eng yirik muzlik – Antarktidada muzlar allaqachon erishni boshlagan.

So‘nggi yillarda Yer atmosferasiga juda ko‘plab xavfli chiqindilar to‘plandi. Sanoat va yoqilg‘i kompaniyalari tabiiy resurslarni yo‘q qildi, o‘rmonlarni kesdi va atmosferaga zaharli moddalarni chiqardi. Natijada, yer yuzida vaqtdan boshqa hech narsa yordam berolmaydigan joylar paydo bo‘ldi.

Agbogbloshi, Gana – elektron mahsulotlar chiqindixonasi

Biz tashlagan elektronikaning aksariyati Ganadagi doimiy ravishda yonib turadigan ulkan poligonda bo‘lishi mumkin. Bu yerda simobning dahshatli tarkibi AQShdagidan 45 baravar ko‘p. 250 mingdan ortiq Gana fuqarosi sog‘lik va hayot uchun xavfli sharoitlarda yashaydi. Bu, ayniqsa, poligonda ishlov beriladigan metallarni izlash bilan shug‘ullanuvchilar uchun tegishli.

Norilsk, Rossiya – kon va metallurgiya

Bir vaqtlar xalq dushmanlari uchun lagerlar bo‘lgan, ammo hozir u Shimoliy qutbdagi ikkinchi yirik shahar. Birinchi minalar bu yerda 1930-yillarda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda hech kim ekologiya haqida o‘ylamagan edi. Bu yerda har yili atmosferaga ikki million tonna oltingugurt dioksidi chiqaradigan og‘ir metallarni eritish bo‘yicha dunyodagi eng yirik majmua joylashgan. 

Norilskdagi konchilar dunyodagi o‘rtacha umr ko‘rsatkichidan o‘n yil kamroq yashaydi. Bu Rossiyaning eng ifloslangan joylaridan biri bo‘lib, hatto qor ham oltingugurt tusiga va qora rangga ega. Oltingugurt dioksidi chiqarilishi o‘pka saratoni kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Niger Delta daryosi, Nigeriya – neftning to‘kilishi

Ushbu hududdan har kuni ikki million barrelga yaqin neft qazib chiqariladi. Taxminan, 240 ming barrel neft Niger Deltasiga borib tushadi. 1976-yildan 2001-yilgacha bu yerda yetti mingga yaqin neft to‘kilishi holati qayd etilgan. 2013-yildagi tadqiqotlarga ko‘ra, neft oqib ketishi natijasida kelib chiqadigan ifloslik donli ekinlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda va bu bolalardagi ovqat hazm qilish faoliyati buzilishining 24 foizga oshishiga olib kelyapti. Neft to‘kilishining boshqa oqibatlari saraton va bepushtlikni ham keltirib chiqaradi.

Matansa Riachuelo, Argentina – sanoat oqibatida ifloslanish

15 mingga yaqin kompaniya zaharli chiqindilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Argentina poytaxti Buenos-Ayres orqali oqib o‘tadigan Matansa Riachuelo daryosiga tashlaydi. U yerda yashaydigan odamlarda toza ichimlik suvi manbalari deyarli yo‘q. Diareya, onkologiya va nafas olish bilan bog‘liq kasalliklarning yuqori darajasi mavjud bo‘lib, ular daryo bo‘yida yashovchi 20 ming aholining 60 foiziga ta’sir qiladi.

Xazaribagx, Bangladesh – charm sanoati

Bangladeshda ro‘yxatdan o‘tgan charm fabrikalarining qariyb 95 foizi Xazaribagx shahrida joylashgan. U yerda boshqa mamlakatlarda taqiqlangan charm ishlab chiqarish usullari qo‘llaniladi. Bu mahsulotlarning barchasi eng katta daryoga toksik kimyoviy moddalarning 22 ming kubolitrini tashlaydi. 

Ushbu chiqindilar tarkibidagi xrom saraton kasalligini keltirib chiqaradi. Aholi nafas olish va teri kasalliklari, shuningdek, kislotali kuyish, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va qichishish holatlari bilan kurashishga majbur.

Chitarum daryosi vodiysi, Indoneziya – sanoat va maishiy ifloslanish

Daryoda simob darajasi AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi me’yorlaridan ming baravar yuqori. Qo‘shimcha tadqiqotlar marganets, temir va alyuminiyni o‘z ichiga olgan zaharli metallarning yuqori darajada ekanligini aniqladi. 

Indoneziya poytaxti Jakarta – 10 million aholiga ega shahar. Ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri “munosabati” tufayli Chitarum daryosi vodiysi ko‘plab sanoat va maishiy chiqindilar bilan qoplangan. Yaxshiyamki, mamlakat hukumati daryoni tozalash tashabbusi bilan chiqdi. U Osiyo taraqqiyot bankining 500 million dollarlik krediti evaziga moliyalashtiriladi.

Dzerjinsk, Rossiya – kimyoviy ishlab chiqarish.

1930-yildan 1998-yilgacha shahar va uning atrofiga 300 ming tonna xavfli kimyoviy chiqindi tashlandi. 2007-yilda Dzerjinsk sayyoradagi eng zaharli shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Suv namunalarida fenol va dioksin miqdori me’yordan ming baravar yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu moddalar saraton va nogironlikka olib keladigan kasalliklar bilan bevosita bog‘liq. 2006-yilda bu yerda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 47 yoshni, erkaklarda esa 245 ming kishilik aholiga nisbatan olganda 42 yoshni tashkil etdi.

Chernobil, Ukraina – atom elektr stansiyasidagi halokat.

Chernobil AESdagi avariya tarixdagi eng dahshatli yadroviy falokat degan nomga ega. Baxtsiz hodisa natijasida radiatsiya emissiyasi Xirosima va Nagasakining bombardimon qilinishidan yuz baravar ko‘p bo‘lgan. Shaharning chekkalari 20 yildan ortiq vaqt davomida bo‘sh edi. Tabiiy ofat oqibatida 4 000ga yaqin qalqonsimon saraton kasalligini keltirib chiqardi, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda mutatsiya jarayonining buzilishiga ham sabab bo‘lgani aytiladi.

Fukusima Daichi, Yaponiya – atom elektr stantsiyasidagi halokat.

Katta zilziladan so‘ng, 15 metrlik sunami 2011-yilning 11-martida yadroviy avariyaga olib kelgan uchta Fukusima reaktorining sovutish moslamalari va quvvatini qamrab oldi. Hozirgi kunda elektr stansiyalarida 280 ming tonnadan ortiq kimyoviy chiqindilar bilan suv saqlanmoqda va 100 ming tonna suv turbinali sexlardagi to‘rtta reaktorning yerto‘lalarida joylashgan. Avariya holatini bartaraf etganlar u yerga robotlarni yuborishga harakat qilishdi, ammo qurilmalar yaqinlashgan paytda erib ketdi. Bu yerdagi odamlar turli xil saraton kasalligi xavfi ostida yashashadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu dunyodagi eng ifloslangan joy. Yosh qizlar orasida qalqonsimon saraton kasalligi xavfi 70 foiz, o‘g‘il bolalarda esa 7 foizni tashkil qiladi. Ayollarda ko‘krak saratoni xavfi 6 foizdan yuqori.

Karachay ko‘li, Rossiya.

Karachay ko‘li yer yuzidagi eng iflos joylardan biri hisoblanadi. U yadro qurollari, izotoplarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqaradigan “Mayak” ishlab chiqarish birlashmasining yonida joylashgan bo‘lib,  ishlab chiqarilgan yadro yoqilg‘isini saqlash va qayta tiklash bilan shug‘ullanadi. Bu Rossiyadagi eng yirik va ayni paytda eng kam samara bilan ishlaydigan sanoatdir. 

1950-yillardan beri uning chiqindilari Karachay ko‘liga oqadigan daryoga tashlab kelinadi. Bu joy 90-yillarning o‘rtalariga qadar sir saqlangan. Zavodda bir nechta yadroviy avariyalar sodir bo‘ldi va toksik chiqindilar ko‘lga tushdi. Ma’murlar ushbu dalillarni tan olishdan oldin, Chelyabinsk viloyati aholisi orasida leykemiya – 25 foiz, tug‘ma nuqsonlar – 20 foiz va saraton kasalligi holatlari 40 foizga oshgani qayd etilgan. Ko‘l bo‘yida bir soat davomida turish o‘lim xavfi uchun yetarli.

Teglar