Sayyoramizdagi suratbop joylar Top-10taligi

  • 22:19 / 09.10.2019
  • 773

Bugun chet elda qanday dam olganingiz, nimalarni ko‘rganingiz Instagramga qo‘ygan fotosuratlaringizda namoyon bo‘ladi. Dunyoda shunday joylar borki, siz aynan o‘sha joylarda rasmga tushmasangiz hech kimni “Men falon joyda bo‘ldim”, degan gapingizga ishontira olmaysiz.

Nyu-York, AQSh

Nyu-York “Instagram”dagi eng ommabop shaharlar reytingida birinchi marta yuqori o‘rinni egallayotgani yo‘q. Uning osmono‘par binolari va istirohat bog‘lari juda mashhur.

Manhetten va uning diqqatga sazovor joylari Tayms-skver va Markaziy bog‘, shuningdek, Bruklin ko‘prigi, Metro muzeyi va Nyu-York zamonaviy san’at muzeylari sayohatchilar orasida juda mashhur.

Shveytsariya Alp tog‘lari

Shveytsariya Alp tog‘lari haqida shunchaki gapirilishi bilan odam toza tog‘ havosi va manzarasining g‘aroyib go‘zalligini his qila boshlaydi. Ushbu joylarda siz tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan eng suratbop landshaftlar bor. 

Pozitano, Italiya

Amalfi sohilining qirg‘og‘ida joylashgan bu go‘zal shahar yuz minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Orqa fonda chiziqli soyabonlar, toshli plyajlar, rangli villalar – hayotingizdagi eng yorqin fotosurat uchun zo‘r joy bo‘la oladi.

Kapadokiya, Turkiya

Kapadokiyada tongni qayerda kutib olishni hal qilish eng qiyin vazifa hisoblanadi. Chunki, bu yerdagi tonggi manzara har yerdan turlicha go‘zallikda jilvalanadi. Ayniqsa, mehmonxona oynasidan tog‘da uchib yurgan rangli havo sharlari manzarasida tongni kutib olish juda zavqli. Undan ham yaxshisi esa, havo sharining ichidagi manzara hisoblanadi. Siz u yerda rasmga tushishni ham unitib atrof manzarasidan zavqlanasiz. 

Eyfel minorasi, Fransiya

Bu temir xonim xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, sizni dunyodagi eng romantik shaharda bo‘lishga undaydi. Uni shaharning deyarli hamma joyidan, hatto metro vagonlaridan ham ko‘rish mumkin. Kechqurun esa o‘zining behisob chiroqlari bilan shahar ko‘rkiga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi. 


Qizil Maydon, Moskva (Красная площадь)

Bu yerning go‘zalligini bitta fotosuratda ko‘rsata olmaysiz. Bu maydonda butun boshli albom qilishingiz mumkin. Spasskoy soatli minorasi, rang-barang Vasiliy ibodatxonasi kabi betakror joylar rasmga tushganingiz sari sizni o‘ziga mahliyo qilib boraveradi. 

Noyshvanshtayn qal’asi, Germaniya

Noyshvanshtaynning eng chiroyli fotosuratlari odatda balandlikdan va ma’lum ob-havo sharoitida olinadi. Masalan, romantik tumanda, tong otganda yoki quyosh botayotgan vaqtdagi bir necha daqiqalar suratga tushish uchun eng qulay hisoblanadi. 

Brayes ko‘li, Italiya

Bu joy munosib ravishda “instagramchilar orzusi”, deb nomlangan. Bu shaffof toza suvli va juda go‘zal landshaftlarga ega bo‘lgan kichik ko‘l. Biroq bu yerda fonda ortiqcha odamlar bilan suratga tushishni istamasangiz vaqtliroq kelishingizga to‘g‘ri keladi yoki navbat kutishingiz lozim bo‘ladi. 

Trol tili, Norvegiya

Chiroyli fotosuratlarning muxlislari nafaqat shovqinli poytaxtlarni, balki yetish qiyin bo‘lgan tabiiy joylarni ham egallab olishgan. Sayyohlar qimmatbaho fotosuratlar uchun 25 kilometrlik masofani bosib o‘tishlari kerak. 

Machu-Pikchu, Peru

Mahalliy hokimiyat tomonidan diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishni yanada cheklash niyatida o‘tgan yozda, kun davomida ikki usulda – 6:00dan 12:00gacha va 12:00dan 17:30gacha Machu-Pikchuda sayyohlik ekskursiyalarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.