Sayyorani qanday “o‘ldiryapmiz”?

  • 17:39 / 30.11.2019
  • 594

Ekologik mahsulotlar, bioyoqilg‘i va elektr energiyasiga o‘tish – bularning barchasi atrof-muhitni yaxshilash va sayyorani qutqarish usullari hisoblanadi. Sivilizatsiya davrida ekologiyaga yordam berishning amaldagi usullari mavjud emas. Biroq, sayyoramizni qutqarish uchun har kim o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

Go‘sht mahsulotlaridan saqlanish uglerod chiqindilarini kamaytiradi

Мясо и молоко

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish ulkan uglerod chiqindilarini keltirib chiqaradi. Sayyoramiz “salomatligi”ning ba’zi “muxlislari” go‘shtdan bosh tortadilar va faqat sut mahsulotlarini iste’mol qiladilar. Ayniqsa, ular hayvonlarni so‘ymaydi va oqibatda sut ishlab chiqarish atmosferada uglerod miqdorini ko‘paytiradi. Havoda karbonat angidrid chiqindilarining kamayishini faqat vegetarianlar amalga oshiradilar.

Klassik choynaklarga qayting!

Чайник на плите

Suv qanchalik tez qaynatilsa, chiqindilar shunchalik kamroq bo‘ladi. Ammo elektr choynaklardan foydalanganda gazda qaynatilganga qaraganda ko‘proq uglerod ishlab chiqariladi. Agar siz sayyoramizning sog‘ligi haqida qayg‘ursangiz, choy yoki qahva uchun suv qaynatishda gazdan foydalaning.

Yuk tashish va mahalliy mahsulotlar

грузоперевозки

Katta mashinalarda yuk tashishni kamaytirish, atmosferadagi uglerod yukini kamaytirishi mumkin, deb ishoniladi. Bu esa import qilinadigan emas, balki mahalliy mahsulotlarni sotib olish kerakligini anglatadi. Ammo ishlab chiqarish jarayonining o‘zi yetkazib berish vaqtiga qaraganda ancha muhimdir. Masalan, ochiq yerda pishgan va yetkazib berilgan bodring, sayyoraga, mahalliy issiqxonalarga qaraganda kamroq zarar keltiradi.

Qayta ishlash tabiiy resurslarni tejashga imkon bermaydi

переработка пластика

Ko‘pchilik qayta ishlangan buyumlar yangi holatiga qaytadi, deb o‘ylashadi. Bu noto‘g‘ri fikr. Masalan, qayta ishlangan plastik idishlarga allaqachon bo‘yoqlar, kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan. Shuning uchun, ishlov berilgandan so‘ng, materiallar past sifatli bo‘ladi. Bu esa atrof-muhit va inson salomatligi uchun zarar keltiradi.

Bioyoqilg‘i

био-топливо

Bir tomondan, bioyoqilg‘idan foydalanish uglerod yukini kamaytiradi. Biroq, boshqa tomondan, o‘sayotgan makkajo‘xori tuproqni yemiradi va qayta ishlash uchun alohida e’tibor talab qiladi. Biologik yoqilg‘ining yaratilishi uning atmosferadagi betarafligini, deyarli, yo‘q qiladi.